A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish 5 pog‘onani o‘z ichiga oladi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə51/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish 5 pog‘onani o‘z ichiga oladi:
1. Motivatsion pog‘ona.
2. Axborot pog‘onasi.
3. Namoyish pog‘onasi.
4. Qo‘llash pog‘onasi.
5 Nazorat pog‘onasi.
Seminarga tayyorgarlik quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- Mavzuni tanlash va vazifalarni aniqlash;
- Qo‘shimcha adabiyotlarni tanlash;
- Axborotlar uchun vazifalar va mavzularni taqsimlash;
- Dastlabki ishlarni tashkil etish, maslahatlar berish;
- O‘tkazish metodlarini tanlash;
- Ko‘rgazmali materiallarni tanlash;
- Seminar rejasini tuzish.
Seminarga 5 tadan ortiq mavzular taqdim etilmaydi.Tanlangan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Belgilangan mavzu muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi
- Juda keng bo‘lmasligi, aniq chegaralari belgilangan bo‘lishi
- Ishtirokchilar salohiyatini va malakasini inobatga olgan bo‘lishi kerak.
2.Metodik ishlarni tashkil qilish shakllari, mazmuni.
O‘qituvchiga metodik jihatidan yordam berish nuqtai nazaridan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarga boshqa o‘qituvchilarni kirishini tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday darsga kirishlar natijasida hamkasblar dars o‘tishdagi kamchiliklarni aniqlab buni bartaraf etishda yordam beradilar. Ilg‘or tajribalarni boshqa o‘qituvchilar orasida targ‘ib qilinishiga ko‘maklashadilar.
Metodik ishlarning shakllari xilma-xil ekanligi sababli, ular mazmuni va o‘tkazish muddatiga ko‘ra aniq rejalashtirishi kerak.
O‘tkaziladigan tadbirlarni rejalajtirish ayrim metodik ishlarning takrorlanishini istisno qiladi, ishning reja asosida olib borilishini, pedagoglar jamoasida barobar taqsimlanishini ta’minlaydi.
Metodik ishlarni o‘tkazish uchun xaftaning ma’lum bir kunini ajratish kerak.
Aytaylik, agar bu maqsad uchun seshanba kuni ajratilsa, shu kuni jamoaviy ravishdagi metodik ishlarning bir qismi o‘tkaziladi: masalan, har oyning birinchi seshanba kuni pedagoglar kengash majlisiga, ikkinchi seshanba metodik komissiyalar majlisiga, uchinchisiga metodik kengashlar uchun, to‘rtinchisi esa, pedagogik xodimlarning malakasini oshirish uchun ajratiladi.
Xuddi shu kunlari seminarlar, amaliyotlar, metodik materiallarni o‘rganishlari va hokazolar o‘tkaziladi. Uslubiy ishlar uchun ajratiladigan kunda boshqa hech qanday tadbir o‘tkazilmasligi lozim.
Pedagogik kengash – muassasa direktori pedagogik kengashning doimiy raisi hisoblanadi. U bo‘lmagan vaqtlarda pedagogik kengash majlislarida direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tashkil qiladi.
Pedagogik kengash qarorlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish kengash raisliga yuklanadi. U bu ishni shaxsan o‘zi bajaradi yoki kengash a’zolaridan biriga topshiriladi.
Ta’lim muassasasi hayotida o‘quv tarbiyaviy faoliyatida fan yutuqlari va ilg‘or pedagogik tajribani joriy qilish; o‘quv va tarbiyaviy ishlar darajasiga jamoaning ma’suliyatini oshirish; pedagogik jamoaning o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan nuqtayi nazar va talablarini bir yo‘nalishga solish kabi qator masalalar borki, ularni jamoa bo‘lib ko‘rib chiqish, muhokama qilish talab etiladi.
Pedagogik kengash tarkibiga barcha pedagoglar doimiy a’zo qilib kiritiladi. Ularning hammasi kengash ishida faol ishtirok etadilar.
Vaqti-vaqti bilan o‘qitishning yangi metod va shakllari, texnik vositalar joriy qilinganligi haqida eng faol o‘qituvchilardan eshitish va muhokama qilish hamda boshqa ta’lim muassasalari ish tajribalarini o‘rganish kabi va boshqa ishlar amalga oshiriladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin