Iqtisodiy tarbiya - maktabda asosan tabiiy-matematik fanlar asosida beriladi. Unda o‘quvchilar ishlab chiqarishning turli sohalari, bozor, oila budjeti, iqtisodiy geografiya, marketing kabi ko‘plab zamonaviy tushunchalar bilan qurollanadilar.
Ekologik tarbiya - o‘quvchilarda atrof-muhitga, tabiatga nisbatan ekologik munosabatlarni shakllantirish jarayonidir. "Ekologiya" - yunoncha so‘z bo‘lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti, muhit bilan o‘zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.
Barkamol insonning muhim fazilatlaridan biri, uning ekologiya ma’daniyatidir. Ekologiya ma’daniyatiga ega shaxs barcha tirik mavjudotlarning yashash sharoiti, muhiti, qonun-qoidalarini puxta biladi, tabiat muvozanatini saqlashga hissa qo‘shadi.
Estetik tarbiya. Estetik tarbiya - o‘quvchilarda san’atga, tabiatga, hayotga, nisbatan estetik munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. Estetika lotincha "Estetikos - xis etaman " degan ma’noni anglatadi. Aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va boshqa tarbiyalarni estetik his-tuyg‘usiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Estetik tarbiyannig maqsadi- o‘quvchilarni tabiat, jamiyat, va san’atdagi go‘zallilarini idrok etish, uni to‘g‘ri tushunib yetish, qadriga yetish, hayotga qayta go‘zallik bilan kira olishiga o‘rgatishdan iboratdir.
3.Texnologiya darslarida tarbiyalash usullari. Ta`lim-tarbiya ishida aniq didaktik maqsadlarga ko’ra tahsil beruvchi va tahsil oluvchilarning o’zaro aloqador biri ikkinchisini taqozo etuvchi hatti-harakatlari majmuasi yoki muloqotda bo’lish usullariga ta`lim-tarbiya metodlari deb yuritiladi.
Tarbiya metodlarini turkumlash:
1. Tarbiyaviy jarayonda axborotini o’zlashtirish manbaiga ko’ra:
a) og’zaki (so’zlab berish, savol-javob, suhbat, ma`ruza,tushuntirish, bayon etish kabilar);
b) ko’rsatmali (ko’rsatmali bayon etish, tushuntirish);
v) amaliy (tajriba sinovlari va laboratoriya ishlari, o’quv ishab chiqarish mehnati);
2. Tarbiyaviy jarayonda axborotni uzatilishi va o’zlashtirish mantiqiga ko’ra:
a) oddiydan murakkabga (induktiv);
b) murakkabdan oddiyga yoki mavhumdan ma`lumga (deduktiv);
3. Tarbiya jarayonini o’rganuvchilarning mustaqil tarbiya tafakkuri darajasiga ko’ra:
a) mahsulsiz (reproduktiv);
b) mahsullik (produktiv);
4. Tarbiyaviy ishlarining bajarilish darajasiga ko’ra:
a) Tarbiya beruvchi rahbarligidagi ta`lim-tarbiyaviy ishlar;
b) Tarbiya beruvchi rahbarligisiz tahsil oluvchilarning mustaqil ishlari (manbalar bilan ishlash, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, mehnat vazifalarini bajarish va shu kabilar);
5. Tarbiyalanuvchilarning o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish bo’yicha:
a) tarbiyalash o’yinlari;
b) tarbiya bo’yicha munozaralari;
v) tarbiya bo’yicha qiziqarli amaliy vaziyatlarni yuzaga keltirish;
6. Javobgarlik burchini shakllantirish va rag’batlantirish usuliga ko’ra:
a) ishontirish;
b) talab qo’yish;
v) qo’yilgan talabga muvofiq mashq qildirish;
g) rag’batlantirish va jazolash;
7. Nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish usuliga ko’ra:
a) yakka holda tarbiyalash;
b) yoppasiga (yalpi) tarbiyalash;
v) og’zaki va yozma sinov yoki so’rovnomalar;
g) dasturli so’rov (testlar yordamida mashinali yoki mashinasiz);
d) o’z-o’zini nazorat qilish va shu kabilar.
Pedogogikada maqsadiga ko’ra tarbiya metodlari quyidagi guruppalarga ajratiladi: faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari; xulq-atvor va faoliyatni rivojlantirish usullari.