●
bolalarga o‘zlarini va qobiliyatlarini namoyish qilish imkoniyatini berish. Pedagog rejalashtirishda bolaning o‘z g‘oyasi asosida yoki uning tashabbusi bilan o‘ynash
uchun yetarli vaqt ajratadi, bunda bolalar shoshmasdan va kattalar tomonidan to‘xtatilishidan
qo‘rqmasdan o‘ynashlari mumkin. Bolalarga erkin o‘yin uchun vaqt va kattalarning faol
aralashuvisiz o‘zlarini va qobiliyatlarini ifoda etish imkoniyati beriladi.
4.2. SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN YONDASHUV ASOSIDA TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINI REJALASHTIRISH Rejalashtirish davlat o‘quv dasturini amalga oshirish va har bir bolada tayanch kompetensiyalarni
shakllantirishni ta’minlashning muhim qismidir. Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘quv rejasiga muvofiq
amalga oshiriladi. Rejalashtirish – o‘quv dasturini yaratish va qo‘llash jarayonining muhim qismi. O‘quv
rejasi - bu pedagoglarga bolaning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta'minlagan holda, davlat talablariga erishish,
rivojlanishning asosiy va barcha sohalaridagi bolaning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan ta’lim
faoliyatini amalga oshirishga imkon beradigan tashkillashtirilgan va tuzilgan hujjatdir.
O‘quv rejasini tuzishda bolaning yoshi va individual rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olish kerak.
O‘quv rejasi guruhning taxminiy kun tartibiga muvofiq har xil turdagi ta’lim va tarbiya jarayonining xilma-xil va oqilona almashinuvini ta'minlashga qaratilgan bo‘lib 7
, unda pedagog
tomonidan bolalarning tanlovi va manfaatlarini hisobga olgan holda kundalik mashg‘ulotlar, bolalar
o‘yinlari, mavzuli loyiha faoliyati, bo‘sh vaqt va boshqa turdagi o‘quv mashg‘ulotlari rejalashtirilgan.
Kun tartibi ish maromini belgilashi va bolaga bir faoliyatdan ikkinchisiga muammosiz o‘tishga yordam
berishi kerak. Kun tartibini tuzishda muqobil shaklli guruhlar ishini tashkil qilishda kunduzgi uyqu
hisobga olinmaydi, dam olish vaqti, sayr vaqti hisobga olinadi.