№ Kun tartibi Vaqtning tax - miniy taqsimoti Vaqt (daqiqada) 15. Ota-onalarning iltimosiga binoan qo‘shimcha ta’lim xiz-
matlari (to‘garaklar) va bolalar bilan individual ishlash
16:10 – 16:50
40
16. Kechki davra suhbati/kun refleksiyasi
16:50 – 17:10
20
17. Ikkinchi sayr, erkin o‘yinlar
17:10 – 17:55
45
18. Ota-onalar bilan ishlash va bolalarning uyga ketishi
17:30 – 18:00
30
Eslatma: Pedagog hafta mavzusiga ko‘ra ta’lim va tarbiya jarayoni shakli (katta, kichik guruhda, individual va rivojlanish markazlarida)ni belgilaydi. Bolalarning MTTda bo‘lish vaqtiga qarab hamda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish mazmuni, joylashuvi va ish tartibini tashkil etishga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq o‘zining kunlik ish tartibini ishlab chiqishi mumkin. Shuni esda tutish kerakki, pedagogga ota-onalarni bolaning rivojlanishi to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilish tavsiya etiladi. Ertalabki davra suhbati – bu kunning boshlanishi, bolalarning boshlangan yangi kundan zavqlanish, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashish, yangiliklarni bilish (bugun ular nima qilishlari), birgalikdagi rejalar, muammolarni muhokama qilish va qoidalarni kelishish uchun yig‘ilishadi. Kechki davra suhbati / o‘tgan kun refleksiyasi – bolalar bilan kun davomida eng esda qolarli va eng qizi- qarli bo‘lgan amallarni eslash, amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish va umumlashtirish hamda ertangi kun uchun tadbirlarni rejalashtirish) Bolalar uchun ochiq havoda sayrning kunlik davomiyligi kamida 3-4 soatni tashkil etiladi. Bu harakat kuniga 2 marta tashkil etiladi: kunning birinchi yarmida - tushlikdan oldin va kunning ikkinchi yarmida - kunduzgi uyqudan keyin yoki bolalar uyga ketishidan oldin. Birinchi sayr – pedagog tomonidan tashkil etiladi, u asosiy faoliyat turlari (kuzatish, mehnat faoliyati, harakatli o‘yin, mustahkamlash, erkin faoliyat)larni o‘z ichiga olib, hafta mavzusiga mos tashkil etiladi. Ikkinchi sayr – iqlim sharoitiga (ochiq havoda, resurslarga ega rivojlanish markazlarida) ko‘ra bolalarning tanlovi bo‘yicha erkin o‘yin faoliyati.