1-OKTYABR“O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR” KUNIGA BAG‘ISHLANGAN “BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ USTOZLAR” MAVZUSIDAGI SSENARIY
1-boshlovchi
Qadaming gul erur, nigohing bo‘ston.
Ta’rifing shoirlar tilida doston.
Bundayin sharafga yetishmoq uchun,
Ustoz bo‘lib tug‘ilmoq emasdir oson.
2-boshlovchi
Bugun jahongirlar maktabga borar
Mehr chirog‘idir qaroqlaringiz
Olamda eng ulug‘ kamtarinzotlar
Hech qachon o‘chmasin chiroqlaringiz
1-boshlovchi
Assalomu-alaykum shu muhtasham dargohga tashrif buyurgan qalbi ummon, mehri daryo ustoz va murabbiylar!
2-boshlovchi
Assalomu-alaykum davramiz ahli, aziz mehmonlar va davra qatnashchilari. Bugun biz o‘z qalbqo‘rini, ko‘znurini, mehr – muhabbatini barkamol avlodlarni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani zimmalariga olib, bel bog‘lagan ustozlarimizni, murabbiylarimizni qutlash maqsadida to‘planganmiz.
1-boshlovchi
Davrani ochib berish uchun ilk tabrik so‘zini______________________________________________________________________________________________________marhamat.
2-boshlovchi
Muallim qasidanisizga atadim,
Sizn ita’riflamoq bo‘ldi maqsadim.
Bir umr sodiqman shogirdlik ahdim
Insonlar insonisiz siz muallim,
Zamonam vijdonisiz siz muallim.
_________________
1-boshlovchi
O‘qituvchilik azal-azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Dunyoning hech qaysi mamlakatida o‘qituvchi murabbiylarga bu qadar e’tibor qaratilmagan. Respublikamiz Prezidentining farmoni bilan 1997-yildan boshlab 1-oktabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda.
2-boshlovchi
Jamiyatning buguni va ertasi uning madaniy-ma’rifiy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatlariga bog‘liq ekanligi barchamizg aayon.
1-boshlovchi
To‘g‘ri aytasiz Nodiraxon. O‘qituvchilikning ko‘p qirrali, sermazmun, murakkab faoliyatida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularning ilm-fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi.
2-boshlovchi
Hurmatli mehmonlar, aziz murabbiylar bugungi bayram dasturi sizlar uchun. Marhamat, tomosha qiling. Qo‘shiq. Ijro etadi ____________________________
1-boshlovchi
Keling endi tarix zarvaraqlariga bir nazar tashlaylik. Bizning xalqimiz qadim-qadimdan dunyoga ko’plab allomalar, aziz avliyolar, shoir va mutafakkirlarni yetkazib bergan. Ularning ilm-u fikrati butun dunyoni lol qoldirgan.
2-boshlovchi
Nega she’r yozmayin yurakdan yonib,
Nega tazim qilmay sizga bu mahal.
Nega xizmatingiz qilmay quvonib,
Ey aziz muallim, ustozi avval
- Allomalar chiqishi (1.Farobiy2. Avloniy3. Behbudiy4. Navoiy5. Beruniy )
- (pardaortida)
Mustaqil vatanim ozod diyorim
Qalbimiz baxshida zamonamizga
Ildamchim o‘zingsan kuylar qalb torim
Jo‘r bo‘ling azizlar taronamizga
Dostları ilə paylaş: |