A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Energetikaning ekologik muommolari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə139/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

4.6. Energetikaning ekologik muommolari 
Energetika

-
bu


energotashuvchilar
quvvatidan
foydalanib
enegoresurslarni ishlab chiqarish, ularni o`zgartirish, saqlash va ulardan
foydalanish. Energoresurslarga
sanoatda,
transportda
va
elektr
stansiyalarida hosil qilinayotgan barcha energiya turlari kiradi. Elektr
energiyasi ishlab chiqarish energetikaning salohiyatli qismi bo`lib, hozirgi
kunda sanoat, transport, qishloq xo`jaligi va kundalik turmushimizni elektr
quvvatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Sivilizasiya yuqorilab borayotgan,
sanoat va transport rivojlanayotgan, yer yuzida demografik o`sish davom
etayotgan sharoitda elektr energiyasiga bo`lgan talab benihoya tez sur‘atlar
bilan oshib borayapti. Masalan, agar aholi soni 40-50 yilda ikki martaga
oshayotgan bo`lsa, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste‘mol
qilishning ikki martaga oshishi uchun 12-15 yil kifoya. Bunday talabning
kelajakda yanada oshib borishi shubhasiz. Bu esa o`z navbatida hozirgi
zamonda asosiy energiya manbai hisoblangan toshko`mir, mazut, tabiiy
gaz kabi organik yoqilg`ilarning sarfini yanada ko`paytirish, ularning
zahiralarini kambag`allashtirish bilan birga ulardan muhitga chiqariladigan
chiqindilar miqdorini oshiraboradi. Hozirgi paytda elektr quvvat ishlab
chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy energotashuvchi organic



247
yoqilg`ilar bo`lib, dunyo bo`yicha olinayotgan elektr energiyasining asosiy


qismi (59%) shu yoqilg`ilarni issiqlik elektr stansiyalarida (IES)
yondirishdan hosil qilinmoqda. Kamroq elektr quvvati (23%) suv oqimi
hisobiga gidroelektrostansiyalarda (GES) va yadro zaryadi (17%) hisobiga
atom elektr stansiyalarida (AES) olinmoqda.
Yuqorida keltirilgan har uchchala energiya manbaining ham atrof
muhitga u yoki bu darajada ta‘siri bor. Ayniqsa organik yoqilg`ining
yondirilishi
muhitni tajovuzkor omillar bilan jiddiy ifloslaydi.
Ma‘lumotlarga ko`ra hozirgi kunda dunyoda olinayotgan jami
energiyaning 90% organik yoqilg`ining yondirilishidan olinayotgan bo`lib,
uning asosiy qismi elektr energiyasi olishga, qolgani esa sanoatga va
transportning ichki yonish dvigatellarida hosil qilinayotgan boshqa turdagi
energiya olinishiga sarflanadi. Bu maqsadlarda har yili 10 mlrd. tonnadan
ortiq organik yoqilg`i yondirilmoqda. Undan muhitga 1 mlrd. tonnadan
ortiq turli aralashma chiqindilar, shu jumladan sog`liqqa jiddiy xavf
soluvchi kanserogen moddalar chiqarib tashlanmoqda. Keyingi yuz yil
ichida yonishdan havoga 1,5 mln. tonnadan ortiq mishyak, 1 mln.t.
kremniy, 900 ming t. kobalt, katta miqdordagi karbonat angidrid, is gazi,
azot oksidlari, qurum va boshqa aerozollar chiqarildi. Faqatgina azot
oksidlarining yillik chiqarilishi 20 mln. tonnaga etdi. SHu o`rinda tarixga
bir nazar tashlaydigan bo`lsak, eramizning XIV asrida London shahri
xonadonlarida ko`mirning yonishidan havoning ifloslanayotganligini
ko`rgan Angliy quroli Eduard II ko`mir yoqishni qat‘iyan taqiqlagan va
qoida buzarlarga o`lim jazosi belgilagan.
Organik
yoqilg`i
mutaxassislik
nuqtai-nazaridan
qaraganda
qimmatbaho kimyoviy xom ashyo hisoblanadi. Uning yondirilishi nafaqat
ekologik vaziyatni yomonlashtiradi, balki shu bilan birga iqtisodiy zarar
hamdir. Bu to`g`rida D.I. Mendeleev, organik yoqilg`ini yondirish-pulni
yondirish demakdir, degan edi. Ammo, yuqorida aytilganidek, energiya
tashuvchi asosiy vosita hozircha organik yoqilg`i bo`lib qolmoqda. Lekin
bundan yoqilg`ining barchasi ham elektr energiyasi ishlab chiqarilishi
uchun sarflanayapti degan fikr kelib chiqmaydi. Umumiy energobalansda
elektr energiyasining hissasi turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, AQSH
ning umumiy energobalansida neft 44 % ni tashkil qilgani holda elektr



248
quvvatining faqat 13% neftni yoqishdan olinadi. Ko`mirdan foydalanishda


esa buning aksi – umumiy energobalansda ko`mirning hissasi atigi 22 %
bo`lgani holda, mamlakatda ishlab chiqiladigan elektr energiyasining 52 %
ko`mirni yoqish bilan olinadi. Ko`mirdan elektr energiyasi ishlab chiqarish
bo‘yicha yetakchi o`rinni Xitoy egallaydi (75 %).
Organik yoqilg`ining yonishidan elektr energiyasi olish Rossiyada
ham rivojlangan. Bu mamlakatda olinadigan elektr quvvatining 40 %
tabiiy gazni yondirish hisobiga, 18 % ko`mirni va 10 % dan kamrog`i
mazutni yoqishdan olinadi. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarning
umumiy energobalansida neftning o`rni yuqori bo`lgani holda, uning
aksariyat qismi sanoat va transportga sarflanadi. O`zbekistonda ishlab
chiqiladigan jami 48 mlrd. Kvt. s elektr energiyasining 80 % ekologik toza
yoqilg`i - tabiiy gazni yoqishdan olinadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin