236
boshqariladi. Kislorod va uglerod oksidi datchigi to‗g‗ridan – to‗g‗ri gaz
o‗tuvchi turubaga o‗rnatiladi.
Ushbu rostlash tizimi quyidagilarni bajaradi:
-
bir yil mobaynida yoqilg‗ini 6-10 % gacha tejaydi;
-
atmosfyeradagi azot oksidini 30-40 % ga qisqartiradi;
-
tutun so‗ruvchi va ventilyatorlarning elektr energiya iste‘molini 20-
35 % ga kamaytiradi;
-
Ijro mexanizmlari, datchiklari, gaz havoli traktlarning ishlashini
nazorat va diagnostika qilish hisobidan mexanik va issiqlik texnikasi
ishining ishonchliligini oshiradi.
Yonish jarayonini avtomatlashtirish tizimida havo va yoqilg‗i
miqdorini rostlash mikroprotsessorli boshqarish tizimi orqali amalga
oshiriladi. Ventilyatorlarning aylanish chastotasini rostlash chastota
o‗zgartirgich yordamida amalga oshiriladi. 4.4 jadvalda qozondagi
issiqlikni tejash bahosi ko‗rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: