233
ishlatish. Bunda chiquvchi gaz issiqligi yordamida suv va boshqa
narsalarni isitish mumkin. Bunday o‗rnatmalar yoqilg‗ini 5-6 % ga tejashni
ta‘minlaydi. Ikkinchisi – qozon devorlari orqali chiquvchi issiqlik isrofini
kamaytirish maqsadida qozonni issiqlik izolyatsiyasi bilan o‗raladi. Bu
ishni bajarish uchun faqatgina yetarli va kattaroq xarajat talab etiladi.
4.2-rasmda qozon devorining qalinligi devor orqali o‗tuvchi
solishtirma issiqlik isrofiga bog‗liqlik grafigi ko‗rsatilgan.
4.2. Rasm. Issiqlik izolyatsiyasi qilinganda qozon parametrlarining
o‘zgarishi.
q – issiqlik isrofi, VT/m
2
; d – devor izolyatsiyasining qalinligi, mm;
C – harajat narxi, %; E – bir yil uchun issiqlikni tejash, GVt*s.
Berilgan grafikdan ma‘lumki, devor qalinligi oshishi bilan solishtirma
issiqlik isrofi kamayadi va uning grafigi giperbolaga yaqin bo‗ladi.
Qozonning energetik samaradorligini oshirish uchun yoqilg‗ini yoqish
jarayonini mikroprotsessorli boshqarish tizimi asosida optimallashtirish
zarur. Ushbu tizim yordamida ishlatiladigan yoqilg‗ini samaradorligini
oshiradi hamda atmosferaga chiqayotgan zaharli gazlarni kamaytirishga
yordam beradi. Sanoatda va qishloq xo‗jaligidagi ko‗plab qozonlar mahsus
rejim bo‗yicha ishlaydi. Yonishda uzatiladigan havo sarfi yoqilg‗i
harakteristikasiga va jihozlar holatiga bog‗liq emas.
Yoqilg‗ini yoqish jarayonini avtomatlashtirishning minimal varianti –
bu tutun gazlar tarkibini nazorat qiluvchi asboblarni ishlatishga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: