A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Issiqlik elektr stansiyalarining tashqi muhitga ta’siri



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə140/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Issiqlik elektr stansiyalarining tashqi muhitga ta’siri. 
Issiqlik
elektr stansiyalari (IES) da yondiriladigan organik yoqilg`ilardan tashqi
muhitga jiddiy zarar yetadi. Yonish jarayonida ularning tarkibidagi
uglerod, azot, oltingugurt va boshqa elementlar oksidlanib, yuqori harorat
bilan havoga chiqariladi. Hozirgi kunda IES lar yoqilg`isida yetakchi
o`rinni ko`mir egallab turganligini nazarda tutadigan bo`lsak, uning
tarkibida 0,2 - 10% gacha pirit shaklidagi oltingugurt, temir moddasi, gips
va boshqa murakkab moddalar mavjud. Shuning uchun ham bunday elektr
stansiyalari havoga katta miqdordagi sulfat angidridi, karbonat angidrid, is
gazi, azot oksidlari, shuningdek inson organizmida rak kasalligini
qo`zg`atuvchi benzopiren va shu singari kanserogen chiqindilarni
chiqaradi. Bu chiqindilar tarkibidagi kremniy oksidi va alyuminiy
insonning nafas olish organlarini zararlab, silikoz kasalligini keltirib
chiqaradi. IES mo`risidan chiqadigan sulfat angidridi havodagi namli
qulay sharoitga tushganda oksidlanib, sulfat kislotasiga, azot oksidlari esa
nitrat kislotasiga aylanadi. Shuning uchun ham issiqlik elektr stansiyalari
joylashgan hududlarda ba‘zan «kislotali yomg`irlar» paydo bo`ladi.
Hozirgi kunda jiddiy ekologik muammolardan biri IES lardan
chiqadigan qattiq chiqindilar va aerozollardir. Ularning yillik umumiy
massasi 250 mln. t. atrofida bo`lib, havoda bundan aerozollarning
ko`payishi yer yuziga yetib keladigan quyosh radiatsiyasining kamayishiga



249
olib kelmoqda. Bu aerozollar shuningdek troposferadagi suv bug`larini


kondensatsiyalab, yomg`irlarning ko`payishiga olib kelmoqda. Keyingi
yillarda yomg`irli kunlarning ko`payganligi, yomg`irning ba‘zan sutkalab
tinmay yoqishi, havoning tez ochilib ketmasligi – bularning barchasida
havodagi aerozollarning alohida roli bor.
Issiqlik elektr stansiyalarida ko`mirdan tashqari tabiiy gaz va neft
(mazut) ham yondiriladi. Ular orasida nisbatan ekologik toza yoqilg`i
gazdir. Ammo jahon elektr energetikasida gazning o`rni nisbatan kam.
Neftni esa, uning yonishidan chiqadigan chiqindilarning tarkibi va miqdori
jihatidan ekologik toza deb bo`lmaydi. Uning yonishidan tabiatga
ko`p miqdorda oltingugurt angidridi, uglerod oksidlari, boshqa kanserogen
moddalar ajaraladi.
Issiqlik elektr stansiyalari nafaqat atmosfera havosini, balki yer va
suvlarni ham ifloslaydi. Atmosferaga chiqarilgan aerozollar va qattiq
zarrachalar yer sathi va suvlarga cho`kib, ulardagi ekologik vaziyatni
yomonlashtiradi. Bundan tashqari IES da foydalanilgan issiq suv ochiq suv
havzalariga tushib, ularning haroratini 10-11
0
C gacha ko`taradi. Bu esa
suvda yashovchi organizmlar uchun ekologik halokat hisoblanib, ular
qirilib ketadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin