322
maqsadga muvofiq. Yorug‗lik uzatishga yuqori talab bo‗lmagan joylarda
asosan LB, LBR, LVST tipli lyuminestsentli lampalar ishlatiladi.
Chug‗lama lampalar joyiga lyuminestsentli lampa ishlatilganda 50 %
gacha EE ni tejash mumkin. Oxirgi yillarda umumiy va ko‗rsatilgan
joylarda ichki yoritish uchun integrallashgan boshqarish qurilmali yuqori
chastotali energo tejamkor lampalar ishlatilmoqda.
Bularga misol sifatida
LUMILUX PLUS ECO; Mini-Lyns; LP001 lampalarini kiritish mumkin.
Ko‗rsatilgan lampalar uchun manba 30-120
kGts yuqori chastotali
kuchlanish chastotasi ishlatiladi. Bundan tashqari lyuminestsentli lampalar
EE iste‘molini kamaytiradi va ishlash muddatini oshiradi. Bunday
lampalar 7-10, 11-13, 15-17, 18-20 Vt elektr quvvatini iste‘mol qiladi.
Cho‗g‗lanma lampalar esa 40, 60, 75, 100 Vt elektr quvvatiga ega bo‗lib,
ishlash muddati 5-10 marta katta bo‗ladi. Sveto diodli chiroqlar yorug‗liq
qaytarishi 40-60 lm ga ega bo‗lib, juda yuqori ishlash muddatiga ega
hisoblanadi va uning ishlash muddati 40 ming soatgacha boradi.
Lampalar ichki yoritish tizimlari uchun K, D, G yorug‗lik taqsimlash
tipiga ega. Tashqi yoritish tizimi va baland binolaida L va Sh yorug‗lik
taqsimlash tipilariga ishlatiladi. Katta maydon va yo‗llarni yoritish uchun
yuqori bosimli NLVD (DNaT) natriyli lampalari yoki JKU 01-1-250-
UXL1 tipli lampalarini ishlatish tavsiya etiladi.
Agarla ushbu lampalar
joyiga DRL lampasini ishlatsak, u holda EE ni 30-50 %gacha tejash
mumkin. JKU-01-1-250 chirog‗i elektron pusk roslagichili bo‗lib, u
quyidagilarni ta‘minlaydi:
-
Lampadagi qisqa tutashuv va kuchlanish o‗zgarishi
natijasida kuyib
qolishidan himoya qiladi;
-
tungi rejimda 60 % quvvatgacha iste‘mol qiladi.
Elektron ishga tushiruvchi asboblarni qo‗llash. Zamonaviy
lyuminestsentli lampalarda 50 Gts li tarmoq kuchlanishini 30-120 kGts
chastotali kuchlanishiga aylantirib beruvchi
elektron ishga tushirgichi
ishlatiladi. Elektron ishga tushiruvchi asboblarning afzalliklari
quyidagilardan iborat:
-
lampadagi EE iste‘molini kamaytirishi;
-
yonib o‗chmasdan birdaniga yonishi;
-
issiqlik isrofini kamaytirishi;
323
-
shovqinning yo‗qligi;
-
lampalar tarkibidagi eski lampalarni avtomatik o‗chirilishi;
-
tarmoq kuchlanishining o‗zgarishida kichik sezgirlik.
Dostları ilə paylaş: