A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə35/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

energiya olish sxemasi 
Bug‗ turbinasi – issiqlik energiyasini iste‘mol qilib va uni aylanuvchi
mexanik energiyaga o‗zgartiruvchi motordir. Konstruktiv jihatdan
bug‗ turbinasi ishchi kurakchalari joylashtirilgan bir necha disklardan



50
tashkil topgan bo‗ladi. Disklarning o‗lchamlari har xil bo‗ladi. Har bir


navbatdagi pogona (disk) diametri oldingi pogonadagiga nisbatan katta
bo‗ladi va kurakchaning yuzasi ham kattaroq bo‗ladi. Bug‗ pog‘onalar
orasidan o‗tayotganida o‗z energiyasini ularga uzatadi.
Issiqlik elektr stansiyalarining turlari.

Hozirgi paytda issiqlik elektr


stansiyalarining uch turi mavjuddir. Birinchi turdagi IES larga
bug‗ turbinali issiqlik elektr stansiyalari kiradi. Bu IES larda suv bug‗i
energiya tashuvchi vazifasini bajaradi. Ikkinchi turdagi IES larga gaz
turbinali issiqlik stansiyalari kiradi. Bunday stansiyalarda energiya
tashuvchi sifatida gazning havo bilan aralashmasi qo‗llaniladi. Organik
yoqilg‘i yonganida ajralib chiqqan gaz qizdirilgan havo bilan
aralashtiriladi. Gaz va havoning aralashmasi issiqlik energiyasini tashuvchi
vazifasini bajaradi. Bu aralashmaning temperaturasi 750 – 770
0
S gacha
qizigan bo‗ladi. Gaz va havoning aralashmasi turbinaga uzatilib, issiqlik
energiyasi aylanuvchi mexanik energiyaga o‗zgartiriladi. Bunday IES
birinchi turdagi issiqlik elektr stansiyalariga nisbatan ixcham (bug‗ qozoni
yo`q), turbinaning tezligi juda yuqori, tez ishga tushiriladi, tuxtatish va
quvvatini rostlash oson. Hozircha bunday IES larning quvvati 150 MVt
dan oshmaydi, ya‘ni bug‗ turbinali stansiyalarning quvvatidan 5- 8 barobar
kamdir. Gaz turbinali stansiyalarning asosiy xususiyatlaridan biri
yoqilg‗ining yuqori sifatli bo‗lishi shartligidir.
Uchinchi turga kiruvchi issiqlik elektr stansiyalari, bu bug‗ va gaz
turbinalari o‗zaro birlashtirilgan IES lardir. Bunday elektr stansiyalarda
energiya tashuvchi vazifasini bug‗ va gaz bajaradi, bug‗ qozonidagi
issiqlik energiya asosan bug‗ hosil qilish uchun sarf bo‗ladi. Ammo
yoqilg‗ining yonishi natijasida gaz ham ajralib chiqadi. Bu gaz ma‘lum
qayta ishlovdan so‗ng gaz turbinasiga yuboriladi. Bu turdagi IESlarning
FIKi 55-60% ni tashkil qiladi.
Bunday IES lar faqat suyuq yoki gazsimon yoqilg‘ilardagina ishlaydi.
Bu IES lar istiqbolli stansiyalar bo‗lib, hozircha ularning quvvati 250 MVt
dan oshmaydi.
IES larda yoqilg‗idan unumli foydalanish. Agar issiqlik elektr
stansiyalarida issiqlik energiyasining elektr energiyasiga o‗zgarish
jarayonini kuzatadigan bo‗lsak, u holda issiqlik energiyasining bor yo`g‘i



51
40% gacha qismigina elektr energiyaga aylanadi, xolos. Agar


O‗zbekistondagi IES larda yoqilg‘i sifatida kimyo sanoati uchun bebaho
xomash‘yo bo‗lgan tabiiy gaz qo‘llanilayotganligini hisobga oladigan
bo‗lsak va bu esa o‗z navbatida elektr stansiyalarda ishlab chiqarilayotgan
elektr energiya tannarxini oshirib yuborayotganligini anglash mumkin.
Hozirda barcha IES larda tabiiy gaz o‗rniga ko‗mirdan foydalanishning
istiqbolli rejalari ishlab chiqarilgan va amalga oshirilmoqda.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin