2
UO'K 94(575.1)(075)
63.3(5O')ya7
T 97
To’rayev, A.I.
O’zbekiston davlat muassasalari tarixi [Matn] : metodik qo‘llanma /
A.I.To’rayev, F.F.Axrorov, M.M.Rahmatov.. - Buxoro : "Sadriddin
Salim Buxoriy" Durdona
nashriyoti, 2019. - 112 b.
KBK 63.3(5O')ya7
Mazkur metodik qo’llanmada 5320300-Arxivshunoslik ta’lim
yo’nalishi II-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan.
“O’zbekiston davlat muassalari tarixi” fanidan ma’ruza va amaliy
mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishda foydalanish maqsadida
tayyorlandi. Qo’llanmaga Turk xoqonligi davlatlarining paydo bo’lishi,
davlatlarining vujudga kelishidagi nazariya va qarashlar haqida batafsil
ma’lumot berib o’tilgan. Uslubiy qo’llanmada ma’ruzalar matni,
mavzular bo’yicha
savollar, topshiriqlar va tayanch iboralar
jamlanmasidan iborat.
Tarixda ma’lumki bir voqelikni ochish
va uni gavdalantirishda
xronologik chegara muhim rol o’ynaydi. Kitobda turk xoqonligi bayoni
ilk davlatlarimizning paydo bo’lishi ularni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy,
siyosiy hayoti haqida umumiy ma’lumotlar keltirib,
xalqimizning
mo’g’ullar mustamlakasiga olinishi, mo’gullar
boshqaruvi va davlat
idoralari mavzusiga qadar ma’lumotlar uslubiy qo’llanmada o’z aksini
topgan.
O’rganayotgan davlatlarimizdagi davlatlarning rivojlanishi,
hukumat rahbarining
vakolat va vazifasi, davlat amaldorlarining xalq
manfaatlarini ko’zlab ish yuritishi mamlakatni
taraqqiyotiga yer va
soliq siyosatining o’rni, shuningdek, harbiy qo’shin, sud jazo organlar
faoliyatiga urg’u berib o’tilgan.
Metodik qo`llanma BuxDU o`quv-metodik kengashining 16-iyun
2019-yildagi 8-sonli yig`ilishining qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.