Tutun-atamasi ham Farg’ona vodiysi hokimi ma’nosida Mug’
hujjatlarida qo’llangan. Bu lavozim boshqaruvchi ma’nosini bildirgan.
Tudun-atamasi Choch (Toshkent) hokimiga nisbatan qo’llangan,
bu mug’ hujjatlarida uchraydi. Bu so’z ham ma’muriy boshliq
ma’nosini bildirgan.
Ixshid-xoqonlikning farg’onadagi noibi.
Ixshid-xoqonlikning sug’ddagi noibi.
Malikshoh-xoqonlikning toxaristonning ishonchli vakili.
Xorazmshoh-Xorazmdagi xoqonlikning noibi.
Ixrid-Shahrisabzdagi xoqonlikning ishonchli vakili.
Xudod-xoqonlikning buxorodagi noibi.
Afshin-xoqonlikning ustrushonadagi noibi.
Budun-xoqonlikning chochdagi noibi.
Dabusshoh-Dabusiyadagi xoqonlikning noibi.
Dehqon-xoqonlikning eloqdagi noibi.
Tarxan-Sug’ddagi xoqonlikning noibi
Turk xoqonligining harbiy san’ati.
Turk xoqonligi armiyasining asosiy qismini otliq askarlar tashkil
etgan, lekin uning tarkibida piyodalar ham bo’lgan. Jangchilar
parchinlar qoplangan jang liboslari, sovutlar kiyishgan, qalqon, uzun va
ingichka nayza, jangovar bolta va kamon bilan qurollanishgan.
Chopuvchi qurolning yangi turi-qilich va dudama, uzun hamda og’ir
qilich-tanlash paydo bo’lgan. Jangchilarga kiydirilgan choponning
yoqalari yuqorida bo’lib engakka tegib turadi. Choponning uzunligi to
boldirgacha yetadi. Tugmalari o’ng tomonda bo’lib, qadalganda
choponning chap tomoni ustiga chiqadi.
1
Har bir otliq jangchi ixtiyorida kamida ikki yoki uchta ot bo’lgan,
bu charchagan otlarni yangisiga almashtirish imkonini bergan. Ot ham
zirhli abzal bilan himoyalangan. Turk armiyasi turli bo’linmalar o’nlik,
yuzlik, minglik, o’n minglik-tumanlardan tashkil topgan. Tumanlarning
1
Гумилев.Л. Қадимги Турклар. -T.: “Фан”, 2007. -Б.76.
11
ot dumi bog’langan, tepasida zarhal bo’ri boshi yoxud boshqa hayvon
tasviri qo’yilgan uzun tayoqdan iborat o’z nishoni bo’lgan.
Turk jangchilari yengilmas kuch hisoblangan. Armiyada qattiq
intizom o’rnatilgan. Jangovar harakatlar chog’ida ko’pincha
qo’qqisdan hujum qilish hollari ko’p uchragan. Hujum, odatda tunda
yoxud erta tongda, yov uyquga yotgan vaqtda amalga oshirilgan.
1
Turk
otliq qo’shinlarining yuksak harakatchanligini e’tirof etgan mualliflar
qayd qilishlaricha, “qarshilikka duch kelgach, ular tevarak-atrofga
tarqalib ketishadi, ammo shunday tezlik bilan ortga qaytishadi va yana
olg’a yelib, takroran tarqalishadi. Dushman ustiga ot qo’yib,
orqalaridagi sadoqdan o’qlar olib, zudlik bilan kamondan o’qqa
tutganlar. Soxta chekinish kabi taktik usuldan foydanishgan.
Himoyalanish chog’ida aylana bo’lib mudofaa qilish usulini
qo’llashgan yoxud o’z o’tovlari orqasiga yashirinishgan”.
Turklar zamonida jangning taqdirini otliq kamonchilar hal etardi,
zirhli chavandozlar paydo bo’lishi ularni deyarli yo’qqa chiqardi. Qo’l
jangida, agar dushman yengil qurollangan bo’lsa, turklar qurollangan
otliqlari katta imkoniyatlarga ega bo’lar edi. Biroq ochiq jangda
g’aroyib hunarlar ko’rsatadigan turk qo’shini, qamal qilishga mutlaqo
vahshiy edilar, chunki bu holatda zirhli uchqur otliq jangchi kerak
bo’lmasdi.
Shahar
qal’alari,
kanddevorlar
turk
saltanati
kengaytirishdagi asosiy to’g’anoq bo’ldi.
2
Kultegin
yodnomasida
yozilishicha olib borilgan janglar taqdirini og’ir qurollangan
chavandozlarning yoyilishib, yopasiga qilingan hujumi hal etgan.
Suvoriylar orasidagi masofa shu qadar sezilarli bo’lganki, amalda har
bir jangchi o’z holiga tashlab qo’yilgan. Demak, jangning
muvaffaqiyatli bo’lishi har bir jangchining shaxsiy tayyorgarligiga
bog’liq bo’lgan.
Yakkama-yakka olishuv jangning muhim qismi bo’lgan. Agarda
bahodirlar soni doimo ozligini e’tiborga olsak, mana shunday taktik
usul bilan o’nta oddiy jangchidan ko’ra bitta bahodirni o’ldirishning
ahamiyati naqadar katta bo’lganligi tushunarli bo’ladi. Bahodirlar
qo’shinining zarbdor qismi bo’lib ularning o’limi odatda qo’shin
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.166.
2
Гумилев.Л. Қадимги Турклар. -T.: “Фан”, 2007. -Б.78-79.
12
orasida sarosimalik tug’dirib, mag’lubiyatga olib kelgan. Biroq jang
qilishning bunday sodda usullaridan boshqa, manyovir qilish-
yonboshdan aylanib o’tish usuli ham bo’lgan.
1
Turk sarkardalari raqibni g’aflatda qoldirish usulidan keng
foydalanganlar. Urush shafqatsiz suratda olib borilgan, ayol va
bolalarga ham rahm qilinmagan. Ularni yoki qul qilishgan yoxud
o’ldirishgan. Odatda, rivojlanishning ilk bosqichda bo’lgan xalqlarda
qabilalararo urushlarda ayollar daxlsiz sanalgan.
Dostları ilə paylaş: |