Devoni sohib al barid-xat-xabar devoni. Ushbu devon markazda
qabul qilingan qarorlar, rasmiy hujjatlarni viloyat, shaharlarga
yetkazish va joylardan markazga yetkazish bilan shug’ullangan.
Mazkur devonning joylardagi bo’limlari mahalliy davlat idoralari,
hukmdorlar faoliyati haqida ma’lumotlar to’plab, bevosita dargohga
yuborish imkoniga ega edi.
1
Devoni muhtasib-ushbu devon shahar va qishloqlarda, ko’cha va
bozorlarda tartibni nazorat qilish, diniy marosimlarni amalga oshirishda
chegaradan chiqmaslikni ta’minlagan.
Devoni mushrif- ushbu devon dargoh ta’minoti bilan bog’liq
xazina sarf- xarajatlari ustidan nazorat olib borish bilan shug’ullangan.
Devoni az ziyo- davlat mulklari devoni. Mazkur devon hukmdor
sulolasiga tegishli mol-mulk, davlat yerlarini boshqarish, nazorat qilish
va hisob-kitobi olib borishi bilan shug’ullangan.
Devoni vaqf-ushbu devon bir shaxs yoki davlat tomonidan ehson
maqsadida musulmon ulamolar ixtiyoriga mol-mulk, yer-suv, ya’ni
vaqf ishlari bilan shug’ullangan.
Devoni qozi-mazkur devon qozilarning faoliyatini nazorat qilish
bilan shug’ullangan.
Mahalliy boshqaruv tartiblar.
Hokim-viloyat boshlig’i. Oliy hukmdor tomonidan tayinlangan
va vazifasidan olib tashlangan.
Rais-shaharlar boshlig’i. Hokim tomonidan tayinlangan va
vazifasidan olib tashlangan.
Mirshab-shaharlardagi
tartib-intizomga
ma’sul
shaxs
hisoblangan.
Mirshabboshi-mirshablar rahbari. Shahardagi tartib-intizomning
bevosita rahbari hisoblanagan.
Somoniylar davlatida harbiylarga berilgan e’tibor va harbiy
san’at.
Ilk o’rta asrlar davrida natural xo’jalik va mulkdorlarning bosh-
boshdoqligi katta muntazam qo’shin saqlash imkonini bermagan. Bu
davrdagi harbiy hokimiyat bevosita yer-mulki bilan bog’liq edi. Yirik
mulkdorlar o’zlarining kichik harbiy qismlariga ega bo’lib, faqat harbiy
1
Abdurahimova.N.A, Isakova.M.I, Suleymanova.Z.M. Davlat muassasalari tarixi. -T.:
“Sharq”, 2007. -B.15.
38
harakat vaqtidagina bir qadar yirik lashkarlar qo’shini tuzilgan. Bu
holni Movarounnahrning o’rta asrlardagi barcha mayda mulklarida ham
uchratish mumkin edi. Faqatgina Somoniylar davrida mulkchilikning
rivojlanishi,
shaharlarning
o’sishi,
davlat
boshqaruvining
markazlashuvi bilangina Somoniylar saroyidagi ko’p sonli xos qism
(gvardiya) asosida muntazam yollanma qo’shin tashkil qilish imkoni
tug’ilgan. Viloyat va tumanlardagi mahalliy hokimlarga tegishli
lashkarlar ancha vaqtgacha mavjud bo’lgan.
1
Somoniylar qo’shini doimiy muntazam xos qism va muvaqqat
lashkarlarga bo’lingan.
Davlat va shoh saroyi hayotida turk g’ulomlaridan tuzilgan saroy
gvardiyasi katta rol o’ynagan. Gvardiya tevarak atrofdagi Markaziy
Osiyo viloyatlarining harbiy jihatdan yaxshi ta’lim olgan yoshlaridan
tarkib topgan.
2
Somoniylar davrida saroy g’ulomlarining tartib-qoidalari
quyidagicha bo’lgan: g’ulomlarning mansablari xizmatlari katta-
kichikligi, obro’-etiboriga qarab asta-sekin, darajama-daraja oshirib
borilgan; g’ulomni sotib olgach, unga bir yil mobaynida piyoda askar
bo’lib xizmat qilishni buyurishgan va u zandonichidan tayyorlangan
qabo (ustki kiyim, chakmon) kiyib mulozimlar safida yurgan. Bu
g’ulomlarga yashirin yoki oshkora suratda shu yil ichida otga minishga
ruxsat etilmagan. Agarda bilib qolinsa, ular jazolanganlar. Shunday
suratda bir yil xizmatni o’tagach, visoqboshi hojib bilan gaplashgan;
hojib g’ulomga yurgan va oddiy tasma berish haqida ko’rsatma bergan.
Qachonki u ot va qamchi bilan yana bir yil xizmat qilgach, kelgusi
yili unga beliga o’rash uchun qorajo’r (qiyiqcha) berilgan. Beshinchi
yilga kelib unga yaxshi egar, yulduzlar shakli bilan naqshlangan yugan,
doroi qabo va gurzi berilgan, gurzini u halqaga ilib qo’ygan. Oltinchi
yili u anvoi kiyim, yettinchi yili bir qubbali, 16 qoziqli chodir ilgan,
uning ixtiyoriga uchta g’ulom berilgan va u visoqboshi deyilgan. U qora
kigizga nuqra (kumush) bezaklar tikilgan qalpoq va ganja qabosi kiygan
yil sayin uning obro’-e’tibori, bezagi, qo’shini, unvonlari oshib
xaylboshi, so’ng hojib bo’lgan; garchi uning fazilatlar va ulkan
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.238.
2
Ўша жойдан, -Б.239.
39
xizmatlari bo’lsa ham, odamoxun va hojasiga muhabbatli bo’lsada, toki
37 yoshga yetgunga qadar unga amirlik mansabi hamda yer-mulki
ajratib berilmagan. Somoniylarning quli va tarbiyalanuvchisi bo’lgan
Alptegin 35 yoshda Xurosondagi sipohsolorlikni olgan. U 2700 jangchi
g’ulomga qo’mondonlik qilib, Movarounnahr va Xurosonda ulkan
boylikka egalik qilgan.
1
Xos qism bilan bir qatorda, lozim bo’lganda yana Movorounnahr
va Xurosonning ayrim mahalliy viloyat hokimlaridan ko’p sonli
lashkarlar to’plangan. Ishtaxriyning xabar berishiga qaraganda,
mamlakat ayrim okruglarga (kulob) ajratilgan bo’lib ular lashkar uchun
ma’lum miqdorda jangchilar ajratishgan. Lashkarlarning harbiy
qobiliyati yuqori edi. Lashkar tashqi harbiy xavf tug’ilganda, ichki
nizolar isyonlar paytida va ko’chmanchilarga qarshi yurish tashkil
etilayotganda to’plangan lashkarlar o’z hisobidan, mahalliy hokimlar
hisoblaridan ta’minlangan va davlat qaramog’ida bo’lgan. Qurol-aslaha
va oziq-ovqat bilan ta’minlash bevosita ma’lum vazifaga bog’liq edi.
Qo’shin tarkibida turkiy ko’chmanchi qabilalardan tuzulgan
yollanma qismlar ham bo’lgan. Chegarani mahalliy hokimlar
lashkarlari va g’oziylar harbiy bo’linmalari himoya qilgan.
Davlat hokimiyatining asosiy tayanchini Somoniylarning ko’p
sonli turkiy gvardiyasi tashkil qilgan. Zaruriyat tug’ulganda somoniy
amirlari viloyat va tumanlardan ko’ngilli lashkarlardan katta qo’shin
to’plashgan. Biroq keyinchalik somoniylar mehnatkash xalq
ommasining ko’magidan mahrum bo’la borishlari va mulkdorlar
separatik harakatlarning kuchayishi bilan mahalliy lashkarlar markaziy
hokimiyatga xavf tug’dira boshlagan, shu sababli hokimiyat endilikda
to’liq ravishda janggovar turkiylardan olinadigan gvardiyaga tayana
boshlagan. Gvardiyaning mahalliy aholi bilan umumiy manfaati
o’xshash emasdi, ular maoshni markaziy xazinadan olardi, shuning
uchun somoniylarning ancha ishonchli tayanchi edi.
Lashkarlar harbiy xizmatni o’tash chog’ida, -deb yozadi Ibn
Havqal, oziq-ovqat bilan yaxshi ta’minlanadi, hukumat ularga
g’amxo’rlik qilib turadi. Mamlakat urush xavfi ostida qolgan taqdirda
yoki mamlakat urush boshlanganida shu lashkarlar hukumat
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.240.
40
ta’minotidan tashqari ma’lum darajada o’z mablag’lari bilan ham
o’zlarini ta’minlab turganlar. Maqdisiy somoniylar davlatining yarim
mustaqil viloyati bo’lgan Chag’oniyon viloyatini tasvirlab, bu viloyat
“o’n mingga yaqin lashkarni o’z kiyim-kechagi, ozig’i va o’z otlari
bilan yetkazib berar edi”,
1
deb yozadi. Lashkarlarning ta’minlanishi,
aftidan, aniq vaziyatga bog’liq bo’lsa kerak: ba’zi viloyatlarda
lashkarlar o’zlarini ko’proq, ba’zida kamroq ta’minlab turgan
bo’lishlari mumkin. Harbiy yurishlar vaqtida esa ularni asosan hukumat
ta’minlab turganlar.
Dostları ilə paylaş: |