A. I. To’rayev, F. F. Axrorov, M. M. Rahmatov



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/56
tarix09.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
 
 
ISBN 978-9943-5870-8-3 
 



KIRISH 
 
Istiqlol yillari yangi mustaqil O’zbekistonning milliy davlatchiligi 
poydevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib borilgan davr 
bo’ldi mustaqilikka erishganligidan so’ng xalqaro munosabatlarning 
teng huquqli subyektiga aylangan suveren O’zbekiston yangi 
davlatchiligini qurish va rivojlantirishga kirishdi. 
O’zbek xalqi o’z davlatchiligining shakllanish bosqichlarini 
ijtimoiy- iqtisodiy va tarixiy-madaniy jarayonlarga bog’liq holda turli 
tarixiy davrlarda bosib o’tgan. Bir umumiy geografik mintaqa, O’rta 
Osiyoda yashab kelgan qo’shni xalqlar, elatlar va qabilalarni bir-biriga 
yaqin bo’lgan madaniyatlar, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jarayonlar, 
umumiy va madaniy etnik ildizlar birlashtirib turgan. Bir so’z bilan 
aytganda O’rta Osiyo xalqlari, davlatlarning tarixiy taqdiri bir-biriga 
uzviy bog’liqdir. Sh.Mirziyoyev tomonidan aytilganidek “Hamma o’z 
tarixini ulug’laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix
bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo’q. Bu merosni 
chuqur o’rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak.”
O’zbek 
davlatchiligi 
shuningdek 
boshqaruv 
tarixini 
o’rganilishining naqadar muhimligi O’zbekiston Respublikasi birinchi 
prezidenti I.A.Karimov tomonidan shunday izohlanadi: “Davlatchilik 
bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda, 
O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot 
yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan kuchlar 
hali bor… O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi 
mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning 
ilmiy nuqtai-nazarga asoslangan tarixini yaratishdir.
1
” 
Yuqoridagi fikr, mulohazalarimizdan kelib chiqqan holda 
“O’zbek davlatchiligining boshqaruv tarixi” nomli o’quv-uslubiy 
qo’llanmani chop qilishga ahd qildik. Ushbu o’quv-uslubiy qo’lanmada 
Turk xoqonligan to Amir Temur davrigacha bo’lgan tarixiy davrlardagi 
ijtimoiy-siyosiy voqealar, davlatchilik tarixiga oid ma’lumotlar aks 
etadi. 
Shuningdek, bu qo’llanmada V-XIV asrlarda O’rta Osiyo 
mintaqasida mustaqil davlatchilikka asos solgan sulolar tarixi
1
Каримов.А.И. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. -Т.: Ўзбекистон, 1998. -Б.12. 



davlatlarning chegaralari, hukmdorlarning faoliyatiga bir nazar 
tashlanadi. Davlatlarning boshqaruv tartiblari, markaziy va mahalliy 
boshqaruv an’analari mansab va unvonlar, harbiy qo’shin, yer egaligi, 
soliq diniy muassasalar o’rganilib, ilmiy qiyosiy tahlil qilingan. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin