Biyruq-shoh yonidagi katta mansab yoki unvon egalarini o’z
joyiga o’tkazuvchi kishi.
So’zchi-vositachi hisoblanib ular amaldorlar o’rtasidagi
munosabatlarni tashkillashtirgan.
Taysi-ulug’ ustoz, muallim, o’qimishli, taniqli kishi qatorlarida
kelgan.
Qarabash-qul, xizmatkor.
Og’ulan-asli “o’g’lon”, hujjatlarda “qul bola” ma’nosida ham
qo’llangan. Qul xizmatkor farzandi.
Barluq-“sud” ishlari fuqarolar ustidan amalga oshiriladigan
ishlarni boshqargan.
Mahalliy boshqaruvdagi mansab va unvonlar. Exu yoki yabg’u (jabg’u)-xoqon xonadoniga mansub bo’lib
ma’lum bir hududni boshqargan. Taxtga da’vo qila olmagan. Lekin
hukmdorning eng yaqin odami hisoblangan.
Tutun yoki Tudun-tutun hukmdorning joylardagi noibi, vakili,
nazoratchisi
vazifasini ado etgan. Tutunlarning mahalliy hokimlar faoliyati ustidan
nazorat qilib turishlaridan tashqari soliq va o’lpon yig’imlari nazorati
hamda ko’z-quloq bo’lib turganlar.
Bek-Bek ma’lum bir hududning hukmdori, ayrim manbalarda bu
so’z “xo’jayin, ega” ma’nosida ham qo’llanilgan.
Silifa (eltabarlar)-bir elni boshqaruvchi harbiy noib tegindan
keyingi ma’mur.
Tarxon-imtiyozli harbiy unvon xoqonning joylardagi maxsus
vakili. “Imtiyozli harbiy amaldor” (xoqonning joylardagi mas’ul vakili)
To’ng yabg’u-xoqon davrida kelgan Xitoy sayyohi Syuan Szyan
hayratlangan voqealardan birida shunday deydi: “Xoqonning atrofida
ipak chakmon kiygan va sochlari o’rilgan 200 ga yaqin “da-gan”
(tarxon)deb ataluvchi sarkardalar joy olishgandi.”
Eltabardan keyin turgan ma’mur.
Tumafa (tudunlar)-biron-bir vassal hududni boshqarib soliq
yig’im-terimini boshqaradigan amaldor.
10
Tarqat-so’zi qadimgi turk davrida Buxoro ulusi hukmdorlari
O’g’ul Tarqan nomiga nisbatan qo’llangan. Bu atama hokim, harbiy
boshliq ma’nosini anglatgan.