A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


 Kompyuter yordamida audit usuli orqali amalga oshiriladigan ba'zi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   189
АУдит дарслик

10.6. Kompyuter yordamida audit usuli orqali amalga oshiriladigan ba'zi 
tahliliy amallarni tasvirlash. 
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida auditorlik faoliyati rivojlanishining 
muhim bosqichi auditorlarning zamonaviy personal komyuterlarida buxgalteriya 
hisobini yuritish dasturlaridan xabardor bo’lishi va undan foydalanishi bilan 
bog’liq. Buning zamirida nafaqat komyuter ichidagi hisob ma’lumotlari, 
shuningdek, korxonada o’tkazilayotgan audit tekshiruvlari davomida ichki nazorat 
tizimi elementlari va hisob tizimi bilan chambarchas aloqada kompyuter tizimi 
doirasidagi auditorlik tekshiruvi zarurligi tushuniladi. Bu zaruriyat nafaqat 
ko’rsatilgan sharoitlarda komyuter tizimi texnik jihatlari va uning aniq 
eksplutatsion mijozi bilan bog’liq qo’shimcha tavakkalchilik darajasining yuzaga 
kelishiga sabab bo’ladi, balki, kompyuter sistemasidan foydalanishda xo’jalik 
yurituvchi subyekt hisobi va nazorati bilan bo’g’liq tavakkalchiliklarni ham yuzaga 
keltiradi.
Ushbu tavakkalchilik quyidagi tavakkalchilik darajalari bilan ham bog’liq 
bo’ladi:

Hisob axborotida ataylab qilingan yoki favqulotda xatoliklarnig paydo 
bo’lishi tavakkalchiligi; 

Hisob ma’lumotlarini atayin yoki bexosdan o’chirib yoborilishi 
natijasida yo’qotish tavakkalchiligi (kompyuter xotirasidan); 

Korxona ichki nazorat tizimi xodimining komyuter tizimida ishlashga 
yetarli darajada tayyor emasligi va mutaxassislar tomonidan mos ravishdagi zarur 
nazoratning yo’qligi natijasida xato va noto’g’ri qayta ishlangan korxona ichki 
nazorat tizimi xodimining kompyuter tizimida ishlashga hisob ma’lumotlarining 
paydo bo’lish tavakkalchiligi. 
Auditning kompyuter-dasturiy ta’minoti (CAAT) hisob fayllari va elektron 
operatsiyalarni kengroq testlashtirish imkonini beradi. CAATdan operatsiya 
namunalarini asosiy elektron fayllardan tanlash uchun, o'ziga xos xususiyatlarga 
ega operatsiyalarini tartiblashtirish uchun, yoki butun aholi to’g’risida ma’lumot 


226 
yig’ish uchun foydalanish mumkin. CAAT odatda ma'lumotlar manipulyatsiyasini, 
hisoblash, ma'lumotlarni tanlash, ma'lumotlarni tahlil qilish, istisno va g'ayrioddiy 
bitimlarni aniqlash,regression tahlil va statistik tahlil qilishni o'z ichiga oladi. 
CAATdan foydalanish imkoni umumiy audit-dasturiy ta’minoti(GAZ) orqali 
mavjud, u auditorlarga manipulyatsiya, kirish imkoni, boshqarish, tahlil qilish va 
ma'lumotlarni turli shakllari to’g’risida tassavvur qilish imkonini beradi. 
Ma'lumotlarni intellektual tahlilining dasturiy ta’minoti, shuningdek, tahliliy 
amallar uchun ham qo’llaniladi. 
Tahliliy amallar bashorat qilingan hajmdan farqlanadigan yoki boshqa 
mavjud bir-biriga zid ma’lumot va munosabatlarni ma’lumotlarga to’g’ri 
kelmasligini aniqlaganda, auditor vaziyatni o’rganib tegishli va yetarli 
tushuntirishlar va dalillarni olishi kerak. G’ayrioddiy tebranishlar va ma’lumotlarni 
aniqlash korxona rahbarini so’roqlashdan boshlanadi va boshqa auditorlik amallar 
ham so’rov natijalariga asoslanadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin