A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   189
АУдит дарслик

 
9.2. Dalillar ishonchliligi 
Ob’ektda ishlashning uchinchi standarti auditor o’z fikrini tasdiqlovchi 
etarlicha ishonchli dalillar to’plashini talab qiladi. Auditorlik dalillari o’ziga xos 
tabiatga ega ekanligi tufayli, shuningdek, audit qiymatidan kelib chiqqan holda, 
auditor o’zi ifodalayotgan fikr mutlaqo to’g’ri deb to’liq ishonch hosil qilishi 
mumkin emas. Biroq u o’zining fikri etarli darajada adolatli ekaniga ishonch hosil 
qilishi kerak. Auditor barcha dalillarni taqqoslab, auditorlik xulosasini tuzish 
uchun haqligiga etarlicha ishonishi bo’yicha bir qarorga kelishi mumkin. 
Dalillar ishonchliligini belgilab beruvchi uch omil – bu aniqlik, etarlilik va 
o’z vaqtidalikdir. E’tibor bering, bu sohaga dastlabki ikki omil ob’ektda 
ishlashning uchinchi standartidan bevosita ko’chirib o’tkazilgan. 
Ishonchlilik
. Ishonchlilik – dalillar ishonchga qanchalik munosib ekanligi va 
haqqoniy deb hisoblash mumkinligining tavsifidir. Agar dalillarni yuqori darajada 
haqoniy deb hisoblash mumkin bo’lsa, bu auditorni moliyaviy hisobot xolis taqdim 
etilganligiga etarlicha darajada ishontira olishi mumkin. Masalan, agar auditor 


193 
tovar-moddiy qimmatliklarni o’zi qayta hisoblagan bo’lsa, u holda buning 
natijasida olingan dalillar kompaniya ma’muriyati auditori ixtiyoriga taqdim etgan 
o’z raqamlariga qaraganda ko’proq ishonchli hisoblanadi. Aksariyat auditorlar, shu 
jumladan, ushbu kitobning mualliflari ham dalillar puxtaligi atamasidan 
ishonchlilik sinonimi sifatida foydalanadilar. 
Dalillar ishonchliligi faqat saralangan auditorlik amallari bilan bog’liq. 
Saralash hajmini yanada ko’paytirish yoki umumiy to’plamdan boshqa 
elementlarni tanlash orqali ishonchlilikni oshirish mumkin emas. Uni dalillarning 
quyida keltirilgan olti tavsifidan bittasi yoki bir qanchasi nuqtai nazaridan 
yuqoriroq sifatli bo’lgan audit amallarini tanlash orqaligina oshirish mumkin. 
O’rinlili
k. Dalillar o’rinli va audit predmetiga tegishli bo’lishi kerak. Faqat 
shu holatda dalilni ishonchli deb hisoblash mumkin. Faraz qilaylik, auditor uning 
mijozi etkazib berishlar uchun o’z mijozlariga yukxat taqdim etmaydi, degan 
gumonda (to’liqlik darajasini tekshirish). Agar auditor bu vaziyatda yuklash 
bo’yicha yukxatlarni tanlasa va ularni tegishli transport hujjatlari bo’yicha 
tekshirsa, u holda bu dalillar auditning to’liqlik va tugallik darajasini tekshirish 
kabi maqsadlariga taalluqli bo’lmaydi. Mazkur holatda o’rinli amal saralama 
transport hujjatlarini yuklab jo’natish uchun mutanosib yukxatlar bilan 
taqqoslashdan iborat bo’ladi. 
O’rinlilik darajasi faqat auditning aniq maqsadlari mezonlari bilan 
belgilanishi mumkin. Dalillar bir maqsadga nisbatan o’rinli va boshqasiga nisbatan 
noo’rin bo’lishi mumkin. Avvalgi misolda, ya’ni, auditor yuklab jo’natish uchun 
yukxatlarni transport hujjatlari bilan taqqoslaganda, dalillar moliyaviy hisobot 
ishonchliligini aniqlash uchun tamomila o’rinli bo’ladi. Aksariyat hollarda dalillar 
auditning bir necha maqsadlari uchun o’rinli bo’ladi, biroq barchasi uchun emas. 
Manba mustaqilligi
. Xo’jalik tizimidan tashqarida olingan dalillar ushbu 
tizim doirasida olingan dalillarga qaraganda ishonchliroq hisoblanadi. Masalan, 
tashqi dalillar (banklar, huquqshunoslar yoki mijozlar ma’lumotlari) mijozning 


194 
o’zidan olingan javoblardan, shuningdek, uning iqtisodiy tizimi doirasidan 
chiqmaydigan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlardan ishonchliroqdir.
Xo’jalik ichki nazorat tizimi samaradorligi
. Agar mijozning xo’jalik ichki 
nazorat tizimi samarali bo’lsa, u holda mijozdan olingan dalillar ham mos ravishda 
ishonchliroq bo’ladi. Masalan, agar sotish va yukxatlarni rasmiylashtirish bo’yicha 
xo’jalik ichki nazorat tizimi samarali bo’lsa, u holda auditor yukxatlar va transport 
hujjatlaridan ular nomaqbul bo’lgan holatga qaraganda ancha ishonchliroq 
ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo’ladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin