204
beruvchi eng birinchi hujjatlardir. Agar
shunday zarur yuzaga kelsa, auditor
nazorat organlari va sudda o’z auditi yaxshi rejalashtirilgani hamda tegishli
tartibda nazorat qilinganini, to’plangan dalillar ishonchli, etarli va o’z
vaqtida
olinganligi, auditorlik xulosasi tekshirish natijalariga mos kelishini namoyish etishi
kerak bo’ladi.
Auditorlik xulosasi turini aniqlash uchun ma’lumotlar
. Ish hujjatlari –
muhim axborot manbalari bo’lib, auditorlik xulosasining muayyan sharoitga mos
turi haqida oqilona qaror qabul qilishga yordam berishi mumkin. Hujjatlarda
mavjud dalillar audit sohasining muvofiqligini va moliyaviy hisobot taqdim
etishning ob’ektivlik darajasini aniqlash uchun foydali.
Supervayzerlar va hamkorlar tomonidan tekshirish uchun asos
. Agar
supervayzerda auditor aynan shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun rostdan ham
etarli dalillar to’plaganini baholashga qiziqish paydo bo’lsa, u birinchi navbatda ish
hujjatlariga murojaat qilishi mumkin bo’ladi.
Auditorlik xulosasi tuzish bilan bevosita bog’liq
maqsadlardan tashqari
ishchi hujjatlar soliq deklaratsiyalari, qimmatli qog’ozlar birjalari uchun axborotlar
va boshqa xabarnomalar tayyorlash uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin;
auditorning fikriga ko’ra, mijoz faoliyatini yaxshilashga yordam berishi mumkin
bo’lsa yoki bunday xabarnomalar umum qabul qilingan auditorlik standartlari
bo’yicha talab etilsa, ular kompaniya auditorlik qo’mitasi
va kompaniya
rahbariyatiga turli masalalar bo’yicha rasmiy taqdimnomalar kiritish uchun axborot
manbai bo’lishi mumkin; ular xodimlarni tayyorlash va kelgusi auditlarni
rejalashtirish hamda ijrosini muvofiqlashtirishga yordamlashish uchun qo’shimcha
ma’lumotlar sifatida ham xizmat qiladi.
Mazmun va tashkil etish
. Har bir auditorlik firmasi ishchi hujjatlarni
tayyorlash va tashkil etishga o’z yondashuvini ishlab chiqadi. Boshlovchi auditor
esa o’z auditorlik firmasi tomonidan ishlab chiqilgan
yondashuvga amal qilishi
kerak. Ushbu kitobda biz asosiy e’tiborni barcha ish hujjatlari uchun umumiy
bo’lgan bosh tamoyillarga qaratamiz.
205
15-chizmada mazkur hujjatlarning tipik to’plamining mazmuni va tashkil
etilishi ko’rsatilgan. U auditorlik tadqiqotiga aloqador deyarli barcha narsani o’z
ichiga oladi. Audit doirasida tayyorlangan ishchi hujjatlarning turi muayyan
mantiqqa bog’liq bo’lib, u, shuningdek, ular fayllarga qanday joylashtirilishini ham
belgilab beradi. Qisqa qilib aytganda, turli kompaniyalar bunday hollarda muayyan
darajada turlicha yondashuvlardan foydalanishi ham mumkin. Rasmda keltirilgan
misolda ishchi hujjatlar ro’yxati
umumiy axborotdan, masalan, doimiy fayllarga
joylashtirilgan korporatsiyalar haqida ma’lumotlar bilan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: