251
12-BOB. AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI
12.1. Auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobot yuzasidan javobgarlik
Auditorlik xulosasi qisqa, bir necha satrdan iborat bo’ladi xolos. U auditorlik
faoliyatida maxsus bilimga ega bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yuridik jihatdan
rasmiylashtirilgan axborot bo’lishi mumkin. Ammo, shuni inobatga olish kerakki,
tekshiruv yakunidagi xulosa bir necha qatordan iborat bo’lsada, u o’ta
ehtiyotkorlikni talab qiladi va sinchiklab, uzoq vaqt o’tkazilgan audit jarayonining
yakunlanganini bildiradi.
AQShda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, aniq bir yilda transmilliy
auditorlik firmasining o’zi kabi yirik beshta mijoziga ko’rsatgan ish hajmi 128000
soatga teng. Bajarilgan bu kabi yirik hajmdagi ishni auditorlar 175 ba’zan esa
undan ham kam so’zdan iborat bo’lgan auditorlik xulosasida aks ettiradilar. Shuni
ta’kidlash kerakki, xulosadan tashqi foydalanuvchi auditor bajargan ish bilan
boshidan oxirigacha tanishishni istamaydi. Unga faqatgina qisqa satrlardagi xulosa
ahamiyatli xolos. (tasavvur qiling 128000 soatlik ish natijalarini ko’rib chiqish
qancha uzoq vaqt olishini).
Rahbariyatning auditorlik hisoboti uchun javobgarligi
2002 yilga qadar AQShdagi korxonalarning boshqaruv xodimlari moliyaviy
hisobotlardagi buzib ko’rsatishlar, xatoliklar uchun
tasdiqlangan firibgarlik
holatlaridan tashqari, javobgarlikka tortilmas edilar (Boshqacha aytganda,
xodimlar bu xatoliklar haqida bilar edilar va bu ularning qastdan qilgan xatolari
bo’lishi ham mumkin edi) 2002 yilda Sarbeyke-Okeli (SOX)
qonuni qabul
qilingach bunga chek qo’yildi. Unga ko’ra, ijrochi yoki moliyaviy direktor va
shunga o’xshash mansabdor shaxslar AQShning qimmatli qog’ozlar va birjalari
(SEC) bo’yicha Komissiyaga taqdim etilgan yillik yoki choralik hisobotlarda
quyidalarni tasdiqlashlari lozim:
rahbar hisobotni ko’rib chiqadi;
252
hisobot jiddiy faktlar haqida yolg’on ma’lumotni bayon qilmaydi yoki
moddiy faktni bekitmaydi,
moliyaviy hisobotlarda va boshqa moliyaviy
axborotlardagi barcha
muhim ko’rsatkichlar kompaniyaning moliyaviy ahvolini haqqoniy aks ettiradi;
rahbariyatning imzolari:
-ichki nazorat tizimini tashkil etish va xizmatidan foydalanish uchun
javobgarlik bor;
imzo qo’yuvchi mansabdor shaxslar kompaniya ichki auditorlari va
direktorlar kengashining audit bo’yicha qo’mitasi quyidagilarni ochib beradi:
- ichki nazoratni loyihalashtirishdagi yoki ichki nazorat faoliyatidagi
kompaniyaga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan
hamma jiddiy kamchiliklar
ro’yxatga olinadi, ishlab chiqiladi, umumlashtiriladi va kompaniya auditoriga bu
haqda xabar qilinadi;
-boshqaruv yoki boshqa xodimlarni o’z ichiga oluvchi va kompaniya ichki
nazorat tizimida muhim ahamiyatga
ega har qanday firibgarliklar;
-ichki nazorat tizimidagi kamchiliklar va o’zgarishlar yoki ichki nazoratga
jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida hisobotga imzo qo’ygan mansabdor
shaxslar ularni baholash sanasidan keyin jiddiy kamchiliklar va zaif tomonlariga
nisbatan barcha tuzatuvchi xatti-harakatlarni ham inobatga olgan holda.
Bu
shuningdek, shtab-kvartirasi AQShdan tashqarida bo’lgan, aktsiyalari
AQSh fond birjalarida sotiladigan korporotsiyalarning mansabdor shaxslariga ham
tegishli bo’lib xalqaro muzokaralarga olib kelishi ham mumkin. Qator Evropa
mamlakatlarida talab ushbu qonun doirasida bo’lib, unda direktorlar kengashining
hamma a’zolari (yoki ikki darajali boshqaruvda ijro etuvchi organ va kuzatuv
kengashi) moliyaviy hisobotlarga imzo qo’yishlari
bilan ularning javobgarligi
yuzaga kelishini, mas’uliyat faqat bitta bosh direktor yoki moliyaviy direktorga
taalluqli emasligini bildiradi. Biroq, moliyaviy hisobotlar va ichki nazorat uchun
asosiy javobgarlik boshqaruv yuklatilgan shaxs zimmasida qoladi va bu Sarbeyke-
Okeli qonunining asosiy tamoyilidir.