267
etarli bo’lmasligi mumkin, degan xulosaga kelgan bo’lsa auditni o’tkazishdan bosh
tortishi yoki moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirishdan bosh tortishi kerak.
Agar auditor, yuqorida nazarda tutilgandek, auditni o’tkazishdan bosh
tortayotgan bo’lsa, bunday qilishdan oldin auditor auditni o’tkazish jarayonida
aniqlangan, fikrni modifikatsiyalash talab etilishiga sabab bo’lgan har qanday
masalalar to’g’risida boshqaruv yuklatilgan shaxslarni xabardor qilishi maqsadga
muvofiq.
Salbiy fikr bildirishga yoki fikr bildirishdan bosh tortishga taalluqli bo’lgan
boshqa jihatlar
Auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha salbiy fikr bildirish yoki fikr
bildirishdan bosh tortish zarur deb hisoblagan bo’lsa, auditorlik hisoboti
(xulosasi)ga ham ayrim moliyaviy hisobot yoki moliyaviy hisobotning bir yoki bir
nechta alohida elementlari, schyotlari yoki moddalari bo’yicha moliyaviy
hisobotlarni taqdim etishning ayni o’sha asosi xususida modifikatsiyalanmagan
fikr kiritilishi mumkin emas. Mazkur vaziyatda ayni o’sha hisobot (xulosa)ga
bunday modifikatsiyalanmagan fikrning kiritilishi
6
moliyaviy hisobotlar bo’yicha
bildirilgan salbiy auditorlik fikriga yoki auditorning fikr bildirishdan bosh
tortishiga zid bo’lur edi.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ning
shakli va mazmuni quyidagicha.
Dostları ilə paylaş: