273
shuningdek moliyaviy hisobotlarning umumiy ifodalanishini baholashni ham o’z
ichiga oladi.
Biz o’zimiz olgan auditorlik dalillari o’z auditorlik fikrimizni qo’shimcha
izohlar bilan bildirishda asos sifatida tayanish uchun etarlicha tegishli dalillardir
deb hisoblaymiz.
Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos
Kompaniya tovar-moddiy zaxiralari moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotida
xxx miqdorida aks ettirilgan. Kompaniya rahbariyati tovar-moddiy zaxiralarni
ularning tannarxi va sof sotish qiymati ikkalasidan eng kichigi bo’yicha aks
ettirmagan, biroq ularni faqat tannarx bo’yicha aks ettirganki, bu Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlaridan chetga chiqish hisoblanadi. Kompaniya
yozuvlariga ko’ra, agar rahbariyat tovar-moddiy zaxiralarni tannarx va sof sotish
qiymati ikkalasidan eng kichigi bo’yicha aks ettirganda, tovar-moddiy
zaxiralarning sof sotish qiymati bo’yicha aks ettirish uchun tovar-moddiy zaxiralar
qiymatini xxx summaga pasaytirish talab etilgan bo’lar edi. Binobarin, sotuvlar
tannarxi xxx ga ko’paygan, foyda solig’i, sof foyda va aktsiyadorlik kapitali
tegishli ravishda xxx, xxx va xxx ga kamaygan bo’lar edi.
Qo’shimcha izohlar bilan fikr
Bizning fikrimizcha, qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos
ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihatning ta’sirini istisno etganda,
moliyaviy hisobotlar AVS kompaniyasining 20X3 yil 31 dekabrgacha bo’lgan
moliyaviy holatini, ko’rsatilgan sanada tugagan yil mobaynida uning moliyaviy
natijalarini va pul oqimlarini barcha muhim jihatlarda Moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlariga muvofiq haqqoniy aks ettiradi (yoki
haqqoniy va to’g’ri
tasavvur beradi
).
Auditorning imzosi
Auditorlik hisoboti (xulosasi) sanasi
Auditorning manzili
Dostları ilə paylaş: