278
testdan o’tkazish ehtimoli to’g’risida qaror qabul qilish shartlari quyidagilardan
iborat: 1) moddiy qiymatliklarni sotib olishga taalluqli bitimlarning katta jmi; 2)
uchinchi tomon ishlab chiqqan va xizmat ko’rsatadigan dasturiy ta’minotdan
foydalanuvchi buxgalteriya hisobining kompyuterlashgan tizimi; 3) moddiy
qiymatliklar sotib olishga tender e’lon qilish, buyurtma berish, ularni qabul qilish,
hisobini yuritish va etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun mas’ul bo’lgan
shaxslar o’rtasida majburiyatlarni taqsimlash; 4) lavozim yo’riqnomalarida nazarda
tutilgan xo’jalik operatsiyalarini bajarish tartibi buzilgan hollarda, xususan, ular
uchun tasdiqlangan buyurtma mavjud bo’lmagan moddiy qiymatliklar kelib
tushgan taqdirda mustaqil nazorat vositalarining mavjudligi. Bunday holat
sabablarini aniqlash to’lovlarga ruxsat beruvchi shaxslar va etkazib beruvchilar
bilan hisob-kitoblar hisobini yuritish schѐtlarini solishtiruvchi shaxslardan qat’i
nazar amalga oshirilishi lozim; 5) bitimlarga o’z vaqtida va to’g’ri ishlov berilishi
va axborotning saqlanishini nazorat qilishning samarali usullari.
Dostları ilə paylaş: