13.3. Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish,
schyotlarda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish
.
Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to’g’riligini tekshirishdan
maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini va
foydalanishga topshirilgan ob’ektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan
iborat.
Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur:
*
sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini (miqdori va
qiymati ko’rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning
debet oborotlari bilan taqqoslash;
*
yangidan sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining jismonan
mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish;
*
foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati
buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash;
*
soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini
aniqlash;
*
hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan
hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o’chirilganligini.
Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni boshlashda
dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi
nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o’tkazilishi zarur.
285
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi harakati)
dalolatnomalaridagi ma’lumotlarga asosan 0110-0190schyotlar debeti bo’yicha
kirimiga olingan asosiy vositaning manbai aniqlanadi: Ustav kapitaliga hissa
sifatida (4610 schyot krediti) kapital qo’yilmalar tartibida puli to’lanib sotib
olingan yoki qurib bitkazilganda (0810, 0820 va 0890 schyotlarning krediti),
asosiy podaga qabul qilingan mollar qiymati (0840 schyot krediti), tekinga olingan
asosiy vositalar qo’shilgan kapital tarkibiga kirimga olinganda (8530 schyotning
krediti) va h. k.
So’ngra ko’rsatilgan muomalalarni buxgalteriya hisobining schyotlarida aks
ettirilish tartibi tekshiriladi.
Tekinga olingan asosiy vositalar ob’ektlarini hisobga olish bo’yicha
muomalalarni aks ettirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq komitetining tegishli me’yoriy hujjatlarida
belgilangan.
2003 yil 1 yanvardan iqtisodning nodavlat sektoridagi korxonalar uchun
bepul (tekin) olingan asosiy vositalar qiymatiga korxona qo’shilgan kapitali (8530-
schyot krediti) ko’paytirilib kirimga olinadi. (Dt 0110-0190, Kt 8530) va ular
qiymati soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi. Auditor soliqqa tortiladigan
foydaning miqdorini aniqlash hisob-kitobi bilan tanishishi va bepul olingan
mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida soliqqa tortiladigan foydaga
qo’shilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor yana shuni nazarda tutish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq komitetining 1995 yil 5
sentyabrdagi 92/72 son xatiga muvofiq ustav kapitali 100 foiz davlat mulkidan
iborat bo’lgan korxonalar va tashkilotlarning ichki tizimida o’zaro bir - biriga
o’tkazishi natijasida tekinga olingan asosiy vositalar qo’shimcha daromad deb
hisoblanmaydi va natijada ularning qiymati foyda (daromad) solig’i bazasiga
qo’shilib, soliqqa tortilmaydi.
286
Bulardan tashqari, auditor inventarizatsiya o’tkazish natijasida asosiy
vositalar tarkibida hisobda turgan inventar va xo’jalik ashyolari aniqlanib, ularni
inventar va xo’jalik ashyolari (1080 schyot) qatoriga o’tkazilganining to’g’riligini
ham tekshirishi zarur. Bundan dastlabki qiymatiga (Debet 1080 schyot va kredit
0110-0199 schyot), hisoblangan eskirish summasiga provodkalar to’g’ri
tuzilganligiga alohida e’tibor berish zarur.
Puli to’lanib sotib olingan, zamonaviylashtirilgan va texnikaviy jihozlangan
asosiy vositalar bo’yicha korxona bir vaqtning o’zida kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishni ta’minlash maqsadida ularning moliyalashtirish manbalarini sof foyda,
o’tgan yildagi taqsimlanmagan foyda, zahira kapitalini aks ettirish lozim.
Auditor
korxonada
sotib
olingan
avtomobillarining
to’g’ri
rasmiylashtirilganligi, transport vositalarini sotib olganlik uchun to’lanadigan
soliqning aniq hisoblanganligi va o’z vaqtida byudjetga o’tkazib berilganligini,
to’langan soliq summasining sotib olingan avtomobil dastlabki qiymatiga
qo’shilganligini tekshirishi lozim. Agar dastlabki hujjat shubha uyg’otsa, ushbu
muomalani amalga oshirish uchun javobgar shaxslardan yozma ravishda
tushuntirish xati olinadi va qarama - qarshi tekshiruv o’tkaziladi.
Korxona tomonidan transport vositalari sotib olinganlik uchun to’langan
soliq to’g’risida soliq nazoratiga o’z vaqtida ma’lumotnoma berilganligiga ishonch
hosil qilish lozim.
Agar korxonada asosiy vositalarni jismoniy shaxslardan sotib olish hollari
uchrasa, auditor bunga alohida e’tibor berishi lozim. Bunday muomalalar yozma
ravishda tuzilgan, oldi-sotdi shartnomasi bilan sotuvchining pasport ma’lumotlari
ko’rsatilib rasmiylashtiriladi. Jismoniy shaxsdan, unga shaxsiy mulk huquqi
bo’yicha tegishli bo’lgan vositalar (uy, dala hovli, avtomobil, garaj va boshqa
mulklar) sotib olinganda, unga to’lanadigan summadan belgilangan tartibda
byudjetga daromad solig’i ushlash kerak. Shu bilan birga ushbu jismoniy shaxsga
to’lanishi lozim bo’lgan summani o’z vaqtida to’lash uchun bankdan xo’jalik
287
kassasiga pul olinganligi va kassadan o’z vaqtida va to’liq berilganligi ham
tekshirilishi zarur.
Korxona sotuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi-sharifi va doimiy
yashash joyini ko’rsatib, oldi - sottining summasi va ushlangan soliq summasi
haqida soliq inspektsiyasiga xabar qilishi lozim. Agar jismoniy shaxs tadbirkor
sifatida ro’yxatga olingan bo’lsa, (litsenziyasi bo’lsa) undan asosiy vosita sotib
olinganda daromad solig’i ushlanmaydi.
Dostları ilə paylaş: |