290
№21 - BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish
bilan bog’liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat’iy nazar
(sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h. k). 9220 - «Boshqa aktivlarning
chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko’rilsa -
9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining
debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning
chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning chiqimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish
bo’yicha schyotlar bog’lanishining to’g’riligi quyidagi ko’rinishdagi jadval - test
yordamida tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: