12. 3. Auditorlik xulosasining turlari: modifikatsiyalanmagan xulosa
Avvalo modifikatsiyalanmagan auditorlik xulosasiga misol ko’raylik:
Biz taklif qilingan AVS kompaniyaning buxgalteriya balansini 31 dekabr
20x3 holatiga ko’ra, shuningdek tugayotgan yil uchun foyda va zararlar, pul
oqimlari haqidagi hisobot auditini o’tkazdik. Ushbu moliyaviy hisobotlar uchun
javobgarlik kompaniya raxbariyati zimmasida. Bizning majburiyatimiz biz
tomonimizdan o’tkazilgan audit asosida ushbu moliyaviy hisobotlarning
ishonchliligi haqida fikr bildirishdir.
Biz auditni Auditning xalqaro standartlariga mos holda o’tkazdik. Ushbu
standartlar biz auditni moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatoliklar yo’qligiga ishonch
hosil qiladigan darajada rejalashtirishni va o’tkazishimizni talab qiladi. Audit
259
moliyaviy hisobotlardagi sonli ko’rsatkichlar va ochib berishlarni tasdiqlovchi
dalilarni testlashtirish asosida o’rganishni o’z ichiga oladi. Audit, shuningdek,
foydalaniladigan buxgalteriya hisobi printsiplari va rahbariyat tomonidan
qilingan muhim baholarni, shunindek, moliyaviy hisobotning umumiy ko’rinishini
(tasavvur)ni baholashni ham o’z ichiga oladi. Biz umid qilamizki, biz
tomonimizdan o’tkazilgan tekshiruv fikrlarimizni bildirish uchun etarlicha asos
beradi.
Bizning fikrimizcha moliyaviy hisobot jamiyatning 31 dekabr 20x3
holati bo’yicha moliyaviy hisobot moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga
(yoki yuz berayotgan mamlakatda qo’llaniladigan moliyaviy hisobot qoidalariga
mos keladi))** mos holda ishonchli va xolis tasavvurlar beradi(yoki barcha muhim
jihatlarda ishonli aks etadi).
Auditor
Sana
Manzil
Auditorlik xulosasi modifikatsiyalangan va modifikatsiyalanmagan turlarga
bo’linadi. Amaliyotda modifikatsiyalanmagan xulosa keng tarqalgan bo’lib, deyarli
90 % xulosalar modifikatsiyalanmagan xulosalardir.
Auditor, agar u moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy
hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangan,
degan xulosaga kelgan bo’lsa, modifikatsiyalanmagan fikr bildiradi.
Agar auditor:
(a) olingan auditorlik dalillari asosida moliyaviy hisobotlar muhim buzib
ko’rsatishlardan holi emas degan xulosaga kelgan bo’lsa; yoki
(b) unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emas,
degan xulosaga kelish imkonini beruvchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini
olish imkoniyatiga ega bo’lmasa,
auditor AXS 705 ga muvofiq auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni
modifikatsiyalashi lozim.
260
Modifikatsiyalangan fikr – salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi, izohlar
bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi, fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasini
o’z ichiga oladi.
Agar haqqoniy taqdim etish asosi talablariga muvofiq tayyorlangan
moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etishni ta’minlamasa, auditor bu masalani
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va, moliyaviy hisobotlarni
taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosi talablariga va masala qanday hal
qilinganiga qarab, auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni AXS 705 ga muvofiq
modifikatsiyalash zarur yoki zarur emasligini aniqlashi lozim.
Agar moliyaviy hisobotlar muvofiqlik asosi talablariga binoan tayyorlangan
bo’lsa, auditor moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etishni qay darajada
ta’minlashini baholashga majbur emas. Biroq, kamdan-kam uchraydigan
vaziyatlarda, agar auditor mazkur moliyaviy hisobotlar yanglish tasavvur hosil
qilish uchun imkoniyat yaratadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, auditor bu masalani
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va mazkur masala qanday
hal etilishiga qarab, buni auditorlik hisoboti (xulosasi)da ko’rsatish kerakmi, agar
ko’rsatish kerak bo’lsa, buni qay tarzda amalga oshirish zarur, degan savollarga
javob berishi lozim.
Xulosaning tarkibiy qismlarini biz yuqorida aytib o’tdik. Ammo ta’kidlash
zarurki, modifikatsiyalangan fikr hosil qilinganda modifikatsiyalangan fikr bildirish
uchun asos bo’lgan vaziyatni o’zida aks ettiruvchi maxsus qism kiritilishi lozim.
Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib
auditorlik xulosasida maxsus qism "Salbiy fikr bildirish uchun asos", "Izohlar bilan
fikr bildirish uchun asos", "Fikr bildirishni rad etish uchun asos" deb nomlanadi.
Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq bu band auditorning fikridan oldin
joylashtiriladi.
Shuningdek, auditor yoki auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilar diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga
tushuntirish qismini kiritishi mumkin:
261
auditorlik
tashkilotining
fikri
bo’yicha
moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilarning
moliyaviy hisobotni
tushunishlari
uchun
muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan
vaziyatlarga;
auditorlik tashkilotining javobgarligini yoki auditorlik xulosasining
mazmunini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tushunishiga yordam berishi
mumkin bo’lgan, moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga.
Tushintirish qismi kiritilishi auditorni moliyaviy hisobot haqidagi fikriga
ta’sir etmasdan shunchaki qo’shimcha izoh sifatida xulosadan joy olishi mumkin.
Masalan, amaliyotdan quyidagi misolni ko’rsak.
Dostları ilə paylaş: |