7
tashkilotlarning moliyaviy hisoboti, balki uning faoliyati bilan bog`liq boshqa
ma`lumot ham muhim ekanligini ko`rsatadi. Shu sababli jamiyat uchun kerak
bo`lgan ma`lumot kengayib, quyidagilarni qamrab oladi:
(Kompaniya)korxona va tashkilotlar haqiqatdan faoliyat olib
borishmoqdami (borayotgan)(korxonami)?
U firibgarlikdan xolimi?
Ma`lumotlar bazasida yaxlitlik mavjudmi?
(Direktor) Rahbarda yoki menejerdaqaror qabul qilish uchun muqobil
va kerak bo`lgan ma`lumot mavjudmi?
Muqobil nazorat o‘rnatilganmi?
Kompaniya ishlab chiqarishining atrof-muhitga bo‘lgan ta’siri
qanaqa?
Nojuya hato kompaniyani inqirozga olib kelishi mumkinmi?
Mazkur masalalar korporativ boshqaruv, hisobot va auditor ishi bilan
bog‘liqdir.
Malakali auditorlar mazkur kompaniyalar direktorlari uchun juda kerakli
mutaxassislardir. Buni Adrian Kedberi quyidagicha tariflaydi:
Tashqi auditorlar kompaniya a’zolarining bir qismi emas. Ammo kompaniya
raislari (korporativ kengashi a’zolari) auditor faoliyati kompaniyaga samara
keltirishidan manfaatdordirlar. Xech bir raxbar moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq
muammoni xush ko‘rmaydi. Auditorlar va menejerlar o‘rtasida aloqalar muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, auditorlar bu aloqalarga e’tibor berib, xolisona va
professional darajada yondoshishlari lozim. Raislar kuchli auditorlarga muxtoj.
CHunki ular kerak bo‘lganda Audit qo‘mitasi bilan bog‘liq masalalarni echa oladi.
Malakasiz auditorlar raislarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan havflardan qutqaza
ololmaydi.
Dostları ilə paylaş: