A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Audit hisoboti uchun iqtisodiy sharoit



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189
АУдит дарслик

Audit hisoboti uchun iqtisodiy sharoit
Usha vaqtlari aksariyat kompaniyalar texnologiyalarning rivojlanishi, 
kommunikatsiya va transportning yaxshilanishi, shuningdek jahon bozorining 
kengayishi ularning faoliyatiga ta’sir qilayotganligini seza boshlashdi. Natijada 



korxona boshqaruvi, pul mablag‘lariga bo‘lgan talab oshib bordi. Sanoat uchun 
jamiyat mablag‘larini kengroq jalb etish masalasi yuzaga keldi. Buning natijasida 
qimmatli qog‘ozlar bozori, kredit tashkilotlarining ishlari murakkablashdi. CHunki 
ular yirik milliy va xalqaro korporatsiyalarga xizmat ko‘rsatar edi. Investorlarning 
korporatsiyalarga yo‘naltirilgan mablag‘lar oqimi va qimmatli qog‘ozlar bozorlari 
orqali moliyaviy resurlarning taqsimlanishi kompaniya rahbariyati tomonidan 
amalga oshirilgan moliyaviy hisobotga bog‘lanib qoldi. Mazkur kompaniyalarning 
asosiy belgilari shundan iboratki, ularning mulkka bo‘lgan egalik huquqi 
korporatsiya boshqaruvidan to‘liq ajratilgan. Kompaniya boshqaruvi buxgalteriya 
hisobi tizimi ustidan nazorat olib boradi. Boshqaruv nafaqat moliyaviy hisobot 
uchun javobgar, balki beriladigan ma’lumot yo‘nalishini belgilab berish huquqiga 
ham ega.
Investorlar va kreditorlar boshqaruvga qaraganda boshqa maqsadlarga ega 
bo‘lishi mumkin (masalan, boshqaruv kattaroq maosh olishni va imtiyozlarga ega 
bo‘lishni hohlasa, investorlar yuqori foyda va dividend olishni maqsad qilib 
qo‘yishadi). Investor va kreditorlar xolisona moliyaviy hisobot natijalari bilan ish 
olib borishi lozim. Auditor ularning moliyaviy hisobotlarni to`g`ri tuzilganligiga 
ishonch hosil qilishi uchun ularga ekspert xulosa taqdim etadi.
Auditor, korporatsiya va moliyaviy ma’lumot 
Auditning asosiy vazifasi moliyaviy hisobotga ishonch xosil qilishdan 
iborat. Raxbariyat va auditorning mas’uliyati moliyaviy hisobotga ishonchni 
ta’minlashdan iborat. Auditorlik tekshiruvi natijasida auditor moliyaviy 
hisobotdagi ma’lumot qiymatini oshiradi va shu bilan birga auditor raxbariyat 
tomonidan taqdim etilgan boshqa ma’lumotga bo‘lgan ishonchni ham oshiradi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin