8
hisobotni tasdiqlash uchun qanday dalillar kerak ekanligi to‘g‘risida qaror qabul
qilishda u ekspert bo‘lishi lozim.
Auditor axborot texnologiyalarni ishlatilishi
yuqori pallaga chiqqan bir
paytda katta tarjibaga ega bo‘lishi kerak. SHuningdek u mijozni moliyaviy hisobot
xolisona va to‘g‘ri ekanligiga ishontirishda mazkur tajribaning roli kattadir. Audit
sohasida yuzaga kelayotgan sharoitlar auditorlardan yangi malakaga ega bo‘lishni
talab qiladi. Auditorlar har bir ishga tanqidiy yondashib, dalillarni tahlil qilish
qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Auditning kelajagi
Kelajakda ham bugungidek yillik hisobot, moliyaviy hisobot, ularga izohlar,
auditorlik hisoboti va xulosasi talab qilinadi. Bunga ko‘shimcha
ravishda
boshqaruv hisoboti, direktorlarning korporativ boshqaruvi to‘g‘risidagi hisoboti
(shu jumladan ichki nazorat tizimining samaradorligi, korxona faoliyati va ustavga
rioya qilinishi hisoboti) talab qilinadi. Bundan tashqari, tevarak-atrof muhofazasiga
qaratilgan chora-tadbirlar hisoboti ham kerak bo‘ladi. Mazkur ma’lumotlar
korporativ boshqaruvi bilan bog‘liq muammolar, buxgalteriya ishlari bilan bog‘liq
mojorolar bilan bog‘lanib ketmoqda
.
.
Grant Thornton
kompaniyasining hamkori, Aberdin Universiteti professori
P.Persi auditor istiqbollari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirgan. Uning fikriga
qaraganda,
auditorlar nafaqat moliyaviy, balki nomoliyaviy ma’lumotlarni ham
o‘rganishadi. Bundan tashqari, hisobotda nafaqat o‘tmishga oid ma’lumot, balki
istiqbolga oid axborot o‘z o‘rnini kengaytirib boraveradi.
Direktor kengashining
e’tiborida ichki va tashqi auditorlar faoliyatini baholashda ijtimoiy fikr asosiy o‘rin
egallaydi.
Tashqi baholovchilar ma’lumotlar yaxlitligi va biznes jarayonini baholaydi.
Ichki baholovchilar esa tizim samaradorligini, natijaviyligini va uning
muqobilligiga baho beradi. Ular tomonidan berilgan ma`lumotlarga
asosan
Kengash doirasida aksiyadorlar nomidan ishlovchi mustaqil direktorlar va
baholovchilar boshqaruv ishlarini ta’minlab beradi.
9
1.2.
Buxgalteriya
hisobi
va audit o‘rtasidagi farq
Kompaniyalarda yillik buxgalteriya hisobi jarayoni tugashi bilan, auditorlik
tekshiruvi ishlari boshlanib hisob kitoblarining haqiqiyligi va ularning amaldagi
qonunchilikka muvofiq yuritilganligi sifatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Buxgalteriya hisobi - xo`jalik operatsiyalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish,
hisobotni saqlash, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishga ma’suldir.
Buxgalterlik firmalari korxona tomonidan ularning pul muomalalarini yuritilishini
olib boradi. Bu
biznesni tushunadigan tildir, chunki u tadbirkorlik sub’ektining
moliyaviy hisobotini taqdim etish vositasidir.
Aksincha, Audit - bu moliyaviy hisobotni tekshirish va baholash faoliyati.
Korxonaning buxgalteriya xodimlari tomonidan tayyorlangan moliyaviy hisob-
kitob operatsiyalarining haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlashga qaratilgan.
Shunday qilib, u
buxgalteriya
hisobi
ma’lumotlarining haqiqiyligi va
ishonchliligini belgilaydi.
Buxgalteriya hisobi va audit o‘rtasidagi farqni
tushunish uchun quyidagi
jadvalni ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: