152
bo’lib, 1.1 rasmda ko’rishimiz mumkin. Ko’rinib turganidek jarayon moliyaviy
nazoratni amalga oshirish korxonaning moliyaviy hisobotga tegishli maqsadlari
bilan boshlanadi, qaysiki barcha noto’g’ri hisobot va ma’lumotlardan holi bo’lgan
axborotlar yig’indisi tushuniladi. Aytib o’tilgan 5 ta element quyidagilardir:
1.
Riskni baholash
. Bu shunday risklarki korxonaning istiqboliga rahna
soladi. Riskni baholash birlamchi hisoblanib uni korxonaning boshqa nazorat
turlarini amalga oshirishdan oldin bajarilishi kerak.
2.
Nazorat muhiti
. Bu bir qancha standartlar yig’indisi bo’lib, bunda ichki
nazoratni amalga oshirishda talab etiladigan, zarur bo’lgan amallar va tuzilishlar
tushiniladi. Shuni yodda tutish lozimki, nazorat muhiti ichki nazoratning barcha
bosqichalarida to’g’ridan to’g’ri ta’sirga ega bo’ladi va mavjud bo’ladi.
3.
Nazorat amallari
. Bular amalga oshirilishi kerak bo’lgan operatsiyalar
bo’lib, amallar va tuziliashda hamda korxonaning ichki siyosatida belgilab olingan
bo’ladi. Bu amallar koxonaning barcha jabxalarida, nazorat bosqichlarida amal
qiladi.
4.
Ma’lumot va aloqa
. Ikkisi ham ichki nazorat amallarini o’tkazishda
muhim hisoblanadi. Ma’lumki ma’lumot tashqi va ichki manbalardan olinishi
mumkin. Aloqa esa o’z navbatida o’sha kerakli axborotlarni olishda bo’glanish,
axborotlarni qabul qilish yoki uzatish hisoblanadi. Ma’lumot va aloqa
ishtirokchilarga ichki nazoratning mohiyati, bunda ularning majburiyati va u qay
tarzda amalga oshirilishi kerakligini bunda uning korxona maqsadlariga
erishishdagi roli kabi savollarga javob berishga yordam beradi.
5.
Dostları ilə paylaş: