Rejalashtirish. Barcha mehnat jamoalari kelgusi yilda ham xuddi o’tgan yili bo’lgani kabi, o’z ishlari hajmi ko’rsatkichlarini o’zlari mustaqil belgilashlari zarur.
Ishlarni rejalashtirganda O’zbekiston Respublikasi davlat arxivlarida bajariladigai asosiy ish turlarining O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va davlat muassasalari kasaba uyushmalari Toshkent shahar qo’mitasi («O’zbosharxiv»ning 1993-yil 9-iyuldagi №58G’01-04-maktubi) tasdiqlagan vaqt va ishlab chiqarish normalariga, shuningdek, doimiy normalarga asosan davlat arxivlarining o’zida ishlab chiqilgan normalarga; davlat hisobi va ilmiy-ma’lumotnoma apparatini rivojlantirish va takomillashtirishning 1989-1995 yillarga mo’ljallangan tashkiliy-metodik tadbirlar rejalariga, Davlat arxiv fondi hujjatlarining idoraviy saqlanishini takomillashtirishni 1990-1995 yillarga mo’ljallangan tadbirlar rejalariga, «O’zbosharxiv» xay’ati qarorlariga asoslanmoq kerak.
Bulardan tashqari respublika arxiv muassasalari ish rejalarida quyidagilar o’z aksini topmog’i kerak:
1. Idoraviy arxivlar ishi Asosiy qoidalarini «O’zbosharxiv» komissiyasi ko’rsatgan ilmiy-tadqiqot va metodik ishlarga oid kamchiliklarini tuzatish (O’zR MDA, O’zR ITTH MDA).
2. Arxivlar ahvolini kompleks tekshiruv va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimi muassasalarida ish yuritishning tashkil etilishini tekshirish («O’zbosharxiv»ga ma’lumotnomalar berish muddati - 1994 yil 1 may).
3. «O’zbosharxiv»ning 1989 yil 23- oktyabrda tasdiqlangan jadvali asosida davlat arxivlari hisobli hujjatlarini «O’zbosharxiv»ning RKF bilan solishtirish (Samarqand viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat arxivlari, O’zR MDA).
4. Matni o’chib borayotgan hujjatlarni aniqlash, hisobga olish va tiklash bo’yicha ish olib borish («O’zbosharxiv»ning matni aniq bo’lmagan va o’chib borayotgan hujjatlarni aniqlash va hisobga olish to’g’risidagi tavsiyanomalariga qarang, T., 1991 y.).
5. Kam qimmatli fondlar hujjatlarini ekspertiza qilish bo’yicha ish olib borish.
6. Oliy o’quv yurtlari diplom loyihalari va diplom ishlarini, ularning idora arxivlarida saqlanish muddatlarining o’zgartirish imkonini ko’rish, ETK takliflarini muhokama etish (Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Farg’ona, Namangan viloyatlari davlat arxivlari).
7. Tugatilgan muassasalar hujjatlarini tartibga keltirish holatini tahlil etish. O’zR MDAlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat arxivlarining jamlama ma’lumotnomalari «O’zbosharxiv»ga 1994 yil hisoboti bilan birga topshirish.
8. Sanoat va grajdan qurilishi bo’yicha O’zbek davlat korporatsiyasi hay’atining 1993 yil 16-iyul qarorini («O’zbosharxiv»ning 1993 yil 19-iyuldagi 21-buyrug’iga qaralsin) amalga oshirish borasida Sanoat va
grajdan qurilishi bo’yicha O’zbekiston davlat korporatsiyasi tizimi tashkilotlaridan saqlov muddati tugagan hujjatlarni qabul qilish.
9. Samarqand shahrida 1994 yil may oyida o’tkaziladigan «O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida arxiv hujjatlaridan foydalanish» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasida ishtirok etish.
Quyidagi mavzularda axborot va ma’ruzalar tayyorlash:
O’zR MDA - «O’zR MDAda saqlanayotgan Samarqand viloyati tarixiga oid hujjatlar haqida».
Muddati-1994 yil mart.
O’zR KSOH MDA -«Samarqand viloyati tarixiga oid voqealarning fotohujjatlardagi aksi».
Muddati-1994 yil fevral.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar vakillarining konferentsiyada ishtirok etishni istagan davlat arxivlariga ma’ruzalar mavzui va ma’ruzachilar ismi-sharifi haqida xabar berish.
Muddati-1994 yil yanvar.
Ma’ruza va axborotlarda u yoki bu arxivning hujjatlaridan foydalanish borasidagi ijobiy tajribalari bayon qilinishi zarur.
Muddati - 1994- yilning 1-choragi».
Ushbu hujjatdan ko’rinib turibdiki, «O’zbosharxiv» (hozirgi "O’zarxiv" agentligi) mahalliy arxiv muassasalariga arxivlarni hujjatlar bilan butlash, hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilish, hujjatlarni idoraviy saqlanishini takomillashtirish, ish yuritishdagi hujjatlarni tashkil etishni yaxshilash, hujjatlar saqlanishini ta’minlash, hujjatlar hisobini olib borishni yaxshilash, arxiv hujjatlaridan foydalanishni faollashtirish va boshqa masalalar bo’yicha ko’rsatmalar beradi. «O’zarxiv» agentligi bo’limlari arxiv muassasalariga arxiv ishini rejalashtirishda amaliy metodik yordam ko’rsatadi va rejaning amalga oshirilishini nazorat qilib boradi.