A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə37/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Geografik katalog. Bu - katalogning turkum tarxi alifbo tartibida joylashgan geografik va topografik nomlardan: viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, daryolar, ko’llar, suv omborlari va boshqalardan iborat. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar nomlari bo’limlar hisoblanadi va alifbo bo’yicha joylashtiriladi. Masalan, Toshkent shahri quyidagi bo’limlarga bo’linadi: tarixi, aholisining soni va tarkibi, oliy o’quv yurtlari, kollejlar, maktablar, sanoat korxonalari va hokazo.
Hozir barcha yirik davlat arxivlarda tizimli, ismlar, geografik kataloglar mavjud. Bu ma’lumotnomalar tadqiqotchiga u ishlayotgan mavzu bo’yicha kerakli arxiv hujjatlarini tezda topish va foydalanish imkonini beradi.


Adabiyotlar:

1. Alimov I. A., Bo’taev A., Arxivshunoslik. T., 1997.


2. Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga elektron texnologiyalarni keng joriy etish. “O’zarxiv” Agentligi axborotnomasi.-2005.-№35.-65 b.
3. O’ljaeva Sh. Arxivshunoslik.O’quv qo’llanma.T.,2001
4. Alimov I. A., Bo’taev A., Arxivshunoslik. T., 1997.
5. Телеукулов. Г. С. Роль архивов Узбекистана в научно-исследовательской и культурной жизни республики (1918-80гг). – Т., 1995.
6. Davlatov S.X., Abdalieva Z.X. Arxiv ishining nazariyasi va tarixi: O’quv qo’llanma.-T.: Arnaprint, 2009.-130 b.
7. Abdalieva Z.X. Istiqlol va arxiv xizmati.-T.: Arnaprint, 2008.-40 b.
8. Fayzieva R., Shomansurova R. Arxiv ishiga doir ruscha-o’zbekcha qisqacha izohli lug’at.-T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1993.-77 b.


Nazorat uchun savollar:

1. Arxiv ro’yxati deganda nimalarni tushunasiz?


2. Ro’yxat qaysi qismlardan iborat?
3. Ilmiy ma’lumotnoma apparatidagi ma’lumotnomalarni ochib bering?
4. Jamg’armaga tegishli ma’lumotnomalarni aniqlang?


Nazorat test topshiriqlari:
1.Hujjatlarni hisob qiluvchi asosiy ma’lumotnoma nima?
A. Varaqa
V. Yig’ma jild
S. Yig’ma jild ro’yxati
D. Katalog
2.Respublikaning barcha arxiv hujjatlari to’g’risdagi eng umumiy ma’lumotnomani ko’rsating?
A. Arxiv bo’limining jamg’armalar katalogi
V. Respublika jamg’armalari katalogi
S. Jamg’armalar ro’yxati
D. Hisob hujjatlari
3.Yig’ma jildni bayon qilishning asosiy qismi nima?
A.Ro’yxat
V. Sarlavha
S. Varaqa
D. Shifr



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin