A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə49/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

GLOSSARIY:


Arxeografiya – yozma tarixiy manbalarni nashr etish nazariyasi va metodikasi bilan shug’ullanuvchi yordamchi tarix fani.
Arxiv jamg’armalari katalogi – arxiv jamg’armasi varaqalaridan tarkib topgan hamda arxiv jamg’armalarining markazlashgan hisobini yuritish va qidirish uchun mo’ljallangan ro’yxat.
Arxiv ishi – jamiyat (davlat) ning arxiv hujjatlarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etish bo’yicha siyosiy, ilmiy, huquqiy va amaliy tomonlarini qamrab olgan faoliyat sohasi.
Arxiv katalogi – arxiv ma’lumotnomasining, odatda, varaqli tarzdagi bir turi bo’lib, unda arxivlarning ikkilachi hujjat axboroti mavzular, sohalar va hokazolar bo’yicha alifbo tartibida guruhlarga ajratib tuziladi hamda u yoki bu turdagi katalog uchun qabul qilingan hujjat axborotining tasniflash chizmasiga muvofiq joylashtiriladi.
Arxiv katalogi turi – maqsadli yo’nalish ( arxiv ro’yxati, arxiv katalogi, arxiv jamg’armalari bo’yicha yo’lko’rsatkich va boshqalar), belgilariga ko’ra birlashtirilgan arxiv ma’lumotlarining jamlamasi.
Arxiv ma’lumotnomasi – arxivlarning ikkilamchi hujjat axboroti qidiruvini ( mashina yoki mexanizmlarsiz) olib boradigan tizim ( arxiv ro’yxati, arxiv jamg’armalari bo’yicha ko’rsatkich, arxiv katalogi va boshqalar).
Arxiv pasporti – arxiv hujjatlariga oid ko’rsatkichlar, ularning saqlanish holati va sharoiti, ilmiy-ma’lumot apparati hamda arxiv kadrlari tarkibi haqidagi ma’lumotlarni ko’rsatuvchi va tasdiqlovchi hisob hujjati.
Arxiv ro’yxati – arxiv jamg’armasi ( majmui), saqlov birligi mazmunini ochishga qaratilgan va odatda ular tizimini mustahkamlaydigan, shuningdek, hujjatlar saqlov birligi hisobini olib borish vazifasini o’taydigan arxiv ma’lumotnomasining xili.
Arxiv hujjati – arxivda saqlanadigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo’lyozma va mashinada o’qiladigan hujjat, ovozli va videoyozuvlar, kinotasma, fotosurat, fotoplyonka chizma, sxema, xarita, shuningdek turli moddiy ashyolardagi yozuv.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin