Arxiv hujjatlari ko’rgazmasi – arxiv hujjatdaridan foydalanishni tashkil etish turi bo’lib, ma’lum mavzudagi hujjatlar ( asl nusxasi yoki ko’chirilgan) ning ommaga namoyish etishga moslab badiiy bezatilgan shakli.
Arxiv xujjatlari to’plami – turli jamg’arma tuzvchilar faoliyati jarayonida paydobo’lgan va bir yoki bir necha belgilarga ko’ra birlashgan alohida hujjatlar yig’indisi( MAJ hisob birligi) .
Arxiv xujjatlarini kataloglash –bir turdagi arxiv hujjatlarini ma’lum alifbo tartibida tuzish va uni yuritish jarayoni.
Arxiv hujjat saqlash xonalarida havo namligini tartibga solib turish – arxiv hujjatxonalarida muayyan namlikdagi mikroiqlimini barpo etish maqsadida avtomatik ravishda ( konditsioner yordamida) yoki xonalarni shamollatish, quritish va havoni namlash yo’li bilan ularning havo muhitiga ta’sir etish.
Arxiv hujjatxonasi – arxiv hujjatlarini saqlash uchun moslab qurilgan maxsus bino yoki xona.
Arxivni jamlash – yo’nalishi va darajasi bo’yicha kerakli hujjatlar bilan arxivni muntazam to’ldirib borish.
Arxivning doimiy katalogi – arxiv katalogining turi; unda arxivlarning ikkilamchi hujjatlari axboroti bilimlar hamda jamiyat amaliy faoliyati tarmoqlari bo’yicha guruhlanadi, so’ngra mantiqiy izchillikda joylashtiriladi.
Arxivchi –arxivda hujjatlarni yig’ish, hisobini olish, tavsiflash, saqlash va ulardan foydalanish bilan shug’ullanuvchi hodim, mutaxassis olim.
Arxivshunoslik – arxiv ishining nazariy, amaliy, huquqiy va metodik masalalarini ishlab chiquvchi fan tarmog’i.
Vaqf – musulmon qonun-qoidalariga muvofiq, davlat va ayrim kishilar tomonidan diniy muassasa, masjid, madrasa, xonaqo va mozorlar ixtiyoriga sotmaslik sharti bilan o’tkazilgan yoki vasiyat qilib qoldirilgan mulk ( er-suv, bino va shu kabilar).
Geografik arxiv katalogi –arxivlarning jo’g’rofiy va er sathi mavjudotlari haqidagi ikkilamchi hujjat axborotini o’z ichiga olgan predmetli arxiv ro’yxatining bir turi.