A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y


O’zbekistonda arxiv ishi (1981-1990 yillar)



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə19/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

1.2. O’zbekistonda arxiv ishi (1981-1990 yillar)
1986-1990 yillarda davlat arxivlarini butlash sohasida ancha ishlar amalga oshirildi. Davlat arxivlarini butlash manbai hisoblangan tashkilotlar ro’yxatlariga aniqlik kiritildi va to’ldirildi. 1990 yilda arxivlarni butlash manbalari soni respublika bo’yicha 9576 taga etdi. 1986-1990 yillarda respublika davlat arxivlari saqloviga 635 ming doimiy saqlanadigan yig’majildlar qabul qilindi.
1970-yillarda davlat arxivlari nazorat qilayotgan tashkilotlarning idoraviy arxivlari va ish yuritish xizmati birmuncha yaxshilandi. 1972-1980 yillarda bevosita arxiv tashkilotlarining ishtirokida respublikada 49 ta shaxsiy tarkib bo’yicha xo’jalik hisobidagi arxivlar tashkil qilindi va ularga 850 mingga yaqin yig’majildlar qabul qilindi. Respublikada birinchi bunday arxiv, Andijon viloyatida tashkil etilgan. 1972 yil 13 iyunda Andijon viloyati ijroiya qo’mitasi «Viloyat davlat arxivining Qo’rg’ontepa filiali qoshida shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlarning tumanlararo birlashgan arxivini tashkil qilish to’g’risida» qaror qabul qildi. Unga asosan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, kolxozlar, sovxozlarning shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash, hisobga olish, ularni jamlash va fuqarolarga biografik ma’lumotnomalar berish maqsadida shaxsiy tarkib bo’yicha xo’jalik hisobidagi Qo’rg’ontepa tumanlararo arxivi tashkil qilingan. Bu arxiv Qo’rg’ontepa, Xo’jaobod tumanlari va Sovetobod shahri tashkilotlari, kolxoz va sovxozlari mablag’i hisobidan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va foydalanish uchun tuzilgan. Har bir tashkilot va xo’jalik shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlarni markazlashtirib saqlagan, xo’jalik hisobidagi arxivga mablag’ o’tkazib turar, ana shu mablag’ hisobidan arxiv ishchi va xizmatchilariga ish haqi berar edi. Ijroqo’m qarori bilan har bir yig’majild uchun bir yilga 65 tiyin miqdorda haq to’lash belgilangan edi.
Qo’rg’ontepa arxivining tajribasi shaxsiy tarkib hujjatlarining saqlash va foydalanishni samarali va foydali shakli tuman, shahar idoralararo arxivlarda bunday hujjatlarni markazlashtirib saqlash ekanligini isbotladi, O’zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1973 yil 16 fevraldagi «Respublikada arxiv ishini ahvoli va uni yanada yaxshilash tadbirlari to’g’risida»gi qarori asosida ijrokomlar qoshida shaxsiy tarkib hujjatlarining idoralararo ho’jalik hisobidagi arxivlarini tashkil qilish keng avj oldi.
Bu arxivlar vazifasi, ularga tashkilotlar shartnoma asosida topshirgan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va fuqarolarga ular asosida ma’lumotnomalar berish edi. Bunday arxivlar respublikaning ko’pchilik viloyatlarida tashkil qilindi. Bu arxivlar shaxsiy tarkib hujjatlarini saqlashni ta’minlashda va tuman, shaharlarda arxiv ishini umumiy ahvolini yaxshilashda, fuqarolarga arxiv ma’lumotnomalari berishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Davlat arxivlari tashkilotlarda ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan amaliy natija beradigan tadbirlar o’tkazdi. Tashkilotda ish yuritishni tashkil qilinganligi darajasi to’g’risida fikr yurgizishga asos bo’ladigan asosiy ko’rsatkichlar, bular ish yuritish bo’yicha yo’riqnomani, yig’majildlar nomenklaturasini borligi hisoblanadi. 1980 yilda respublikada davlat arxivlari nazoratidagi 8733 ta tashkilotdan 3472 (40%)tasida ish yuritish bo’yicha yo’riqnoma, 85%da yig’majildlar nomenklaturasi mavjud edi.
1986 yildan boshlab respublika davlat arxivlari tashkilotlarda idoraviy arxiv va ish yuritishni tashkil qilinishini, tekshirishni odatda idoraviy tizimlar bo’yicha kompleks tarzda amalga oshirdilar. 1986 yilda O’zbekiston qishloq xo’jalik mashinasozlik vazirligi va O’zbekiston kinematografiya davlat qo’mitasi tizimlari, 1987 yilda O’zbekiston Maorif vazirligi tizimi, 1988 yilda O’zbekiston teleko’rsatuvlar, radioeshitirishlar davlat qo’mitasi tizimi kompleks tekshirilgan.
O’zbekiston arxiv tashkilotlari tomonidan 1987 yil yanvar-mayda Maorif vazirligi tizimi tashkilotlari, muassasalarida idoraviy arxivlar va ish yuritishda hujjatlarni tashkil qilinishi ahvoli tekshirildi. Ushbu vazirlik tizimida 435 muassasadan 221 tasida yig’majildlar nomenklaturasi ishlab chiqilgan edi. Vazirlik muassasalarida saqlanayotgan 80687 ta doimiy muddatda saqlanadigan yig’majildlardan 40447 ta yig’majild arxiv ro’yxati (opis)ga kiritilib, davlat arxivi ETKsi tomonidan tasdiqlangan. Maorif vazirligi tizimini markazda va viloyatlarda tekshirish natijasi bo’yicha arxiv tashkilotlari yirik tashkilotlarda arxiv mudiri lavozimini joriy qilishni, idoraviy arxivlarni maxsus jihozlangan xonalar bilan ta’minlashni, ekspert komissiyasi ishini va arxiv hujjatlarini tartibga solishni faollashtirishni, ish yuritish yo’riqnomasini va yig’majildlar nomenklaturasini joriy qilishni taklif qildilar.
Kino-foto-fonohujjatlarni ham kataloglashtirish faol olib borildi. 1976-1980 yillarda kinohujjatlarga 9 mingdan ortiq, fotohujjatlarga 61 mingdan ortiq va fonohujjatlariga 8 ming dan ko’p kartochkalar tuzilib, kataloglarga qo’shilgan.
Ko’rib chiqilayotgan davrda O’zbekiston arxiv tashkilotlarida hujjatlarni e’lon (nashr) qilish ishlari ancha avj olgan edi. Hujjatlar to’plamlarining ilmiy salohiyatlarini ko’tarishda arxiv tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etdi. 1961-1965 yillarda respublika arxiv tashkilotlari O’zbekiston Fanlar akademiyasining Tarix instituti, Partiya tarixi instituti va Markaziy Osiyo respubliklarining shunga o’xshash ilmiy tashkilotlari bilan birgalikda quyidagi hujjatlar to’plamlari chop etilgan. "Podgotovka usloviy sploshnoy kollektivizatsii selskogo xozyaystva v Uzbekistane (1927-1929-gg.)». Sbornik dokumentov.- T., 1961, "'Sotsialisticheskoe pereustroystvo selskogo xozyaystva v Uzbekistane (1917-1926 gg.)». Sbornik dokumentov. -T., 1962, «Inostrannaya voennaya interventsiya i grajdanskaya voyna v Sredney Azii i Kazaxstane». Sbornik dokumentov - tom 1. T., 1963., tom 2. Almata, 1964. «O’rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari»-seriyasidan quyidagi to’plam e’lon qilingan: G.D. Romanovskiy. Sbornik dokumentov. - T., 1961. Shuningdek, 2 ta ilmiy ommabop to’plamlar: «Pisma s fronta» (T., 1965) va "Frontdan xatlar" - (T., 1965) chop etilgan. Arxivchilarning matbuotda, radio va televidenielarda chiqishlari ancha kengaydi. 1961-1965 yillarda O’zbekiston arxivchilari gazeta va jurnallarda 301 ta, 1966-1967 yillarda 208 ta maqola e’lon qildilar. 1963-1967 yillarda 240 radio eshittirish va 32 teleko’rsatuv tashkil etdilar.
1986-1990 yillarda arxiv ishlarini tashkil qilishda muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu o’zgarishlar arxiv ishini yanada rivojlantirish bo’yicha maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan edi. Respublikaning arxiv hujjatlarini e’lon qiluvchilari davlat arxiv fondi hujjatlaridan foydalanish va e’lon qilishni jadallashtirish dasturini bajarish sohasida faol mehnat qildilar. Arxiv hujjatlaridan foydalanish yildan-yilga ortib bordi. 1986-1990 yillarda 1981-1985 yillarga nisbatan fuqarolarning 12 mingdan ortiq ijtimoiy huquqiy toifadagi fuqarolar so’rovi ijro etildi. Respublika va mahalliy davlat arxivlari har yili 20 mingdan ortiq fuqarolar so’rovini bajardilar. Faqat birgina 1986 yilda 59 ko’rgazma, 112 radioeshittirish va 6 teleko’rsatuv tashkil qilindi va 185 maqola e’lon qilindi. 1986-1990 yillarda 7 ta hujjatlar to’plami chop etildi. 1989 yilda «Axborotnoma» byulletenining nashr qilinishi qayta tiklandi. Demokratiya va oshkoralik sharoitida maxfiy hujjatlarni ochiq hujjatlar qatoriga o’tkazish kengaydi. 1987-1990 yillarda respublika davlat arxivlarida 99,9 ming yig’majildlarning maxfiylik belgisi olib tashlandi va ochiq hujjatlar qatoriga qo’shildi. Bu tadbir arxiv hujjatlaridan foydalanishni kengaytirdi. 1986-1990 yillarda davlat arxivlarining o’quv xonalarida 3 mingga yaqin tadqiqotchiga xizmat ko’rsatildi va ularga 50 mingdan ortiq yig’majildlar foydalanish uchun berildi.
1961-1962 yillarda shahar, tumanlarda arxiv ishlarini tubdan yaxshilashga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirildi. 1961 yilda respublikaning tuman va shahar davlat arxivlari hujjatlarini vaqtincha saqlaydigan arxivlardan doimiy saqlaydigan arxivlarga aylantirildi. Tuman davlat arxivlarini mustahkamlashga qaratilgan boshqa bir qator tadbirlardan biri, ularni tumanlararo davlat arxivlariga birlashtirilishi bo’ldi. 1962 yil 18 mayda tuman arxivlari asosida har birida 3-5 nafar xizmatchilar ishlaydigan 28 ta tumanlararo davlat arxivlari tashkil qilindi. 13 tumanda tuman davlat arxivlari qoldirilgan edi. O’sha yili tumanlararo davlat arxivlari viloyat davlat arxivlari filiali qilib qayta qurildi. Keyingi yillarda qator filiallar tashkil qilindi va ularning soni 1990 yilda 40 taga etdi.
1962 yilda Toshkentda O’zbekiston tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi tashkil qilindi, 1965 yilda bu arxiv tarkibida ilmiy-texnika hujjatlari bo’limi tashkil qilindi va u O’zbekiston meditsina va ilmiy texnika hujjatlari markaziy davlat arxivi qilib qayta qurildi. 1990 yilda respublika arxiv tashkilotlari shaxobchalari O’zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv boshqarmasi, 11 viloyatlar ijroiya qo’mitalari arxiv bo’limlari, 3 ta markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 11ta viloyatlar davlat arxivlari, 40 dan ortiq viloyatlar davlat arxivlari filiallaridan iborat edi. Shunday qilib, respublikada 70 ga yaqin arxiv muassasalari mavjud edi. Ularni samarali faoliyati ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlarni jamlashga, saqlanishini ta’minlashga va ulardan foydalanishni tashkil qilishga qaratilgan edi.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin