A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə21/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Nazorat uchun savollar:
1.O’zR Milliy arxiv fondi (MAF) tarkibi va mazmuni to’g’risida ilmiy ma’lumot apparati (IMA) qanday amalga oshiriladi?
2.Ekspert tekshiruv komissiya (ETK) lari vazifalari nimalardan iborat bo’lgan?
3.Arxivlarni butlash ishini qayta ko’rib chiqish qanday amalga oshirildi?
4.1987-1990 yillarda respublika davlat arxivlarida 99,9 ming yig’majildlarning maxfiylik belgisi olib tashlandi, bunga qanday omil sabab bo’ldi?
Adabiyotlar:
1. Alimov I. A., Bo’taev A., Arxivshunoslik. T., 1997.
2. Телеукулов. Г. С. Роль архивов Узбекистана в научно-исследовательской и культурной жизни республики (1918-80гг). – Т., 1995.
3.O’ljaeva Sh. Arxivshunoslik.O’quv qo’llanma.T.,2001
4.Davlatov S.X., Abdalieva Z.X. Arxiv ishining nazariyasi va tarixi: O’quv qo’llanma.-T.: Arnaprint, 2009.-130 b.
5.Abdalieva Z.X. Istiqlol va arxiv xizmati.-T.: Arnaprint, 2008.-40 b.
6.Fayzieva R., Shomansurova R. Arxiv ishiga doir ruscha-o’zbekcha qisqacha izohli lug’at.-T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1993.-77 b.
7.Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga elektron texnologiyalarni keng joriy etish. “O’zarxiv” Agentligi axborotnomasi.-2005.-№35.-65 b.


2-MAVZU. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY DAVLAT ARXIVI HUJJATLARIDAN FOYDALANISHNI TASHKIL QILISH


Asosiy savollar:

  1. Arxiv tashkilotlarini boshqarishni tashkil qilish va idoraviy arxivlar.

  2. Arxiv tashkilotlarinnng rejasi va hisoboti. Kadrlar bilan ishlash.



2.1. Arxiv tashkilotlarini boshqarishni tashkil qilish va idoraviy arxivlar.

Respublika arxiv tashkilotlari tizimiga arxiv ishini boshqarish organlari, davlat arxivlari va tashkilot, muassasa, korxonalar arxivlari kiradi. Idoraviy arxivlar o’z navbatida davlat va nodavlat idoralar arxiviga bo’linadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv" agentligi O’zbekiston Respublikasi arxiv ishining boshqarishni davlat vakolatli organi hisoblanadi. Joylarda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishlari hududiy boshqarmalari tashkil qilingan. Boshqarmalar boshliqlari "O’zarxiv" agentligi tomonidan tayinlanadi. Arxiv ishi hududiy boshqarmalari moliyaviy, xo’jalik jihatdan mahalliy hokimiyat organlariga bo’ysunadi. Ular «O’zarxiv» agentligidan tashkiliy-metodik ko’rsatmalar oladi va unga hisobot beradi.


«O’zarxiv» agentligi O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O’zR MAF) hujjatlarini boshqaradi. U jamiyat va fuqarolar manfaatlari yo’lida O’zR MAF respublika xalqining tarixiy o’tmishi to’g’risidagi hujjatli yodgorliklarini butlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish davlat vazifasini bajaradi, O’zbekiston Respublikasi arxiv muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi. Agentlik arxiv ishini rivojlantirishni va ushbu sohadagi ilmiy texnika taraqqiyotining davlat tomonidan boshqarilishini ta’minlaydi, davlat va idoraviy arxivlarining faoliyatini tarmoqlararo muvofiqlashtiradi, arxiv ishi bo’yicha respublika qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qiladi.
O’zR MAF hujjatlarini shakllantirish, davlat hisobini olib borish, saqlanishini ta’minlash, ulardan foydalanish, arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini o’tkazish «O’zarxiv» agentligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, respublika davlat arxivlarini boshqarish, arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya sohasidagi ilmiy va metodik ishlarini tashkil etish, arxiv ishi sohasidagi vatanimiz va chet el ilg’or ish tajribasini, ilmiy tadqiqotlar, fan-texnika yutuqlari natijalarini arxiv muassasalarini ish amaliyotiga joriy etish ham agentlikning muhim vazifalari qatoriga kiradi.
«O’zarxiv» agentligi o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq O’zR MAF hujjatlarining davlat arxivlarida butlanishi va saqlanishini tashkil etadi, ularning davlat arxivlarida ro’yxatdan o’tkazilishini nazorat qiladi, markazlashtirilgan holda davlat hisobini yuritadi. Shuningdek, hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatdorligini ekspertiza qilishni tashkil etadi. Tashkilotlar tomonidan arxiv ishi bo’yicha fondlarni shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishni ta’minlash hamda ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish talablari bajarilishini tekshiradi. Arxiv hujjatlarini, ma’lumotnoma, axborot adabiyotlarini nashr etishni amalga oshiradi. Nodavlat arxivlari mulkdorlariga ushbu arxivlarning hujjatlarini butlash, saqlash va ulardan foydalanishda yordam ko’rsatadi. Xalqaro tashkilotlarning arxiv ishi va ish yuritishi bo’yicha ishida qatnashadi, chet ellardagi O’zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlarini aniqlashni va ularni qaytarib olib kelishni tashkil etadi. "O’zarxiv" agentligi hay’ati o’z tizimidagi arxiv tashkilotlari bajarishi shart bo’lgan arxiv ishi masalalari bo’yicha nizomlar, yo’riqnomapar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qiladi, tegishli buyruq va ko’rsatmalar beradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishlari hududiy boshqarmalari joylarda "O’zarxiv" agentligi vazifalariga o’xshash vazifalarni bajaradilar, (faqat uning o’ziga xos bo’lganlari bundan mustasno m.: respublika bo’yicha me’yoriy-metodik hujjatlar e’lon qilish. xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish va boshqalar). Ularning asosiy vazifasi Qoraqalpog’iston Respublikasida, viloyatlarda O’zR MAF hujjatlarini butlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish davlat vazifasi yuklangan mahalliy arxiv muassasalariga rahbarlik qilish hisoblanadi.
Davlat arxivlarining asosiy vazifasi arxivni hujjatlar bilan butlash, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish. Davlat arxivlari qatoriga markaziy. viloyat arxivlari, ularni filiallari, Toshkent shahar arxivi kiradi. Davlat arxivlari o’zining asosiy vazifalarini bajarish jarayonida xilma-xil ishlarni amalga oshiradi. Davlat arxivlarini alohida qimmatli hujjatlar bilan rejali butlashni ta’minlash maqsadida tashkilotlarning idoraviy arxivlarini va ish yuritishni nazorat qiladi. Hujjatlarni saqlashni ta’minlashga katta e’tibor beradi. Davlat arxivlari arxivshunoslik, hujjatshunoslik ilmiy muammolarini tadqiq qilish, hujjatlarni e’lon qilish, ilmiy axborot ishlari bilan shug’ullanadi.
«O’zarxiv» agentligining asosiy vazifalaridan yana biri davlat arxivlari va joylardagi boshqaruv organlariga rahbarlik qilish hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun o’z qaramog’idagi tashkilotlarni tekshiruvchi maxsus bo’limlar tashkil qilingan. Arxiv ishi bo’yicha muhim masalalar «O’zarxiv» agentligi hay’ati majlisida muhokama qilinadi. Hay’at qarori o’z tasarrufidagi tashkilotlarga bajarilishi shart bo’lgan Agentlik Bosh direktori buyrug’i sifatida e’lon qilinadi, qaramog’idagi tashkilotlarga «O’zarxiv» agentligi faqat buyruq, yo’riqnoma, ko’rsatmalar yuborish bilan cheklanib qolmaydi. U ishning borishini doimo nazorat qilib turadi. Xato va kamchiliklarni oshkor qiladi va ularni tugatish choralarini belgilaydi. Bu ishda rahbarlikni va nazoratni eng samarali shakllaridan biri inspektorlik tekshiruvi, ya’ni tashkilotning faoliyati bilan bevosita tanishish, ishni tashkil qilinishi va natijasini tekshirish hisoblanadi.
Idoraviy arxivlar davlat arxivlariga o’xshash ayrim vazifalarni bajaradi. Bu arxivlarni davlat arxivlaridan ularning hujjatlarining tor doirasi va hujjatlarni vaqtincha saqlashi ajratib turadi. Ular ish yuritishda yig’majildlar nomenklaturasini tuzishda, yig’majildlarni shakllantirishda metodik yordam beradi, tashkilotlar bo’limlarida ularning saqlanishini va hujjatlarni arxivda saqlash uchun tayyorlanishini nazorat qiladi. Idoraviy arxivlar ish yuritishda hujjatlarni doimiy saqlashga tanlab oladi. Tashkilot bo’limlaridan hujjatlarni qabul qiladi, ular hisobini olib boradi, ekspertizasini tashkil qiladi. Ilmiy-ma’lumotnoma apparatini tuzadi. Hujjatlar saqlanishini ta’minlaydi va ularni davlat saqloviga tayyorlab topshiradi.
Idoraviy arxivlarda hujjatlardan foydalanish, hujjatlarni idora bo’limlariga o’rganish uchun berish, ma’lumotnoma va axborotlar tayyorlash, tashkilotda ilgari ishlab ketgan ishchi va xizmatchilarga ijtimoiy huquqiy ma’lumotnomalar berish shaklida ish tashkil qilingan.
Davlat arxivlari vazifasiga ish yuritishdagi hujjatlarni tashkil etish va idoraviy arxivlar ahvolini o’rganish va tekshirish; davlat hokimiyati organlari tashkilotlar rahbarlarining ish yuritishda hujjatlarini tashkil etish va idoraviy arxiv ishlarini yaxshilash masalalari bo’yicha qarorlari, buyruqlari loyihalarini tayyorlashda qatnashish; idoraviy arxivlarning ilg’or tajribasini umumlashtirish va yoyish kiradi. Davlat arxivlari idoraviy arxivlarni, ulardagi hujjatlarni hisobga olishga va uning saqlanish ahvoliga alohida e’tibor beradi. Bu davlat arxivlarining butlash istiqbolini aniqlash va idoralarda hujjatlarni saqlash bosqichida ular asralishini ta’minlash masalalarini hal qilish imkonini beradi.
Davlat arxivlari tomonidan nazorat qilinadigan tashkilotlariga metodik va amaliy yordam beradi. Bunday yordam ko’rsatishni shakllari quyidagicha:
1.Umumrespublika me’yoriy hujjatlar asosida metodik ko’rsatmalar, tavsiyanomalar tuzish, tashkilotlarga ish yuritish va arxivlar bo’yicha metodik qo’llanma ishlab chiqarishga yordam berish.
2.Hujjatlar saqlovini ta’minlash, ularni hisobga olish va qimmatdorligini ekspertiza qilish, ilmiy-ma’lumot apparatini yaratish, hujjatlardan foydalanish, materiallarni davlat saqloviga topshirishga tanlab olish va tayyorlash. Ish yuritishdagi hujjatlarni tashkil etish masalalari bo’yicha kengashlar o’tkazish, ayrim xodimlarga va guruhlarga maslahatlar berish.
3.Tajriba almashish, idoraviy arxivlar va ish yuritish xizmati xodimlari malakasini oshirish bo’yicha seminarlar, kurslar tashkil qilish.
4.Tashkilotning ekspert komissiyasi ishida, hujjatlarni davlat saqloviga tanlab olish va makulaturaga, yo’q qilishga ajratishda qatnashish.
Davlat arxivlari qoshida byudjetdan tashqari maxsus mablag’lar hisobiga tashkil qilingan ho’jalik hisobidagi guruhlar tashkil etadi. Ularning idoralarga hujjatlarni tartibga solishda va ish yuritishni takomillashtirishda ahamiyati kattadir. Ular shartnoma asosida tashkilotlarga pullik xizmat ko’rsatadi va hujjatlarni davlat saqloviga tanlab olishni amalga oshiradi, yig’majildlar nomenklaturasini, ish yuritish bo’yicha yo’riqnoma va boshqa qo’llanmalarini tuzadi.
Tashkilotlar joriy arxivlarini va ish yuritishdagi hujjatlarning tashkil etilishini vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi davlat arxivi nazoratini samarali shakli hisoblanadi. Bu tekshirishlar uning maqsad va vazifalariga qarab kompleksli yoki mavzuli bo’lishi mumkin. Idoraviy tizimlar tashkilotlari arxivi va ish yuritishdaga hujjatlarning tashkil etilishi ahvolini kompleks tekshirish eng foydali tekshirish hisoblanadi. Bu tekshirish yuqori idoralar, ularga qarashli muassasalar va korxonalarni o’z ichiga oladi. Bunday kompleks tekshirishlarni odatda davlat arxivlari va arxiv ishini boshqaruv organlari birgalikda o’tkazadi. Tekshirish natijalari idoralar va arxiv tashkilotlari kengashlari qo’shma majlislarida muhokama qilinadi va tegishli qaror qabul qilish bilan yakunlanadi. Buyruq va qarorlarda hujjatlar bilan ishlashdagi kamchiliklar qayd qilinadi va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilanadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin