A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə24/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Kadrlar bilan ishlash. Mustaqillik va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida arxiv ishining rivojlanishini an’anaviy vazifalari murakkablashadi, yangi vazifalar vujudga keladi, xizmatchilarni kasbiy bilim darajasi va umumiy bilimdonligini orttirish talab qilinadi. Arxiv ishini rejalashtirishning keng doiradagi murakkab vazifalarini bajarish uchun chuqur bilimli arxivchi mutaxassislar, ya’ni hujjatlar bilan ishlash qoida usullarini mukammal biladigan, tadqiqotchilik malakasi bo’lgan mohir tashkilotchi, yuqori madaniyatli, ma’lumotli insonlar bo’lishi kerak.
2004-yil 1yanvar holati bo’yicha respublika arxiv tashkilotlari xodimlari shtati 1085 kishini tashkil etgan, ulardan 471 mansabdor rahbarlar, mutaxassislar, oliy ma’lumot talab qiladigan o’rinlar bo’lgan. Bulardan 179 kishi - umumiy oliy ma’lumotli bo’lib, faqat 17 kishi - maxsus arxiv ma’lumotiga ega bo’lgan tarixchi-arxivchi mutaxassisi, qolgan lavozimlarda o’rta ma’lumotli kadrlar mavjud edi.
Shunday qilib, kadrlar bilan ishlashda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, arxiv tashkilotlarini arxiv ishi bo’yicha mutaxassislar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga egadir.


Nazorat uchun savollar:
1.O’zR MDAda saqlanayotgan Samarqand viloyati tarixiga oid hujjatlar haqida nimalarni bilasiz?
2.Davlat arxivlarini butlash qaysi tarmoqlar bo’yicha amalga oshiriladi?
3.Arxiv ishini rivojlantirish rejasining bajarilishi haqida statistik hisobot bering
4.Hujjatlar saqlovini ta’minlash, ularni hisobga olish va qimmatdorligini ekspertiza qilish, ilmiy-ma’lumot apparatini yaratish, hujjatlardan foydalanish, materiallarni davlat saqloviga topshirishga tanlab olish va tayyorlash shakli qanday?
5.Ish yuritishdagi hujjatlarni tashkil etish masalalari bo’yicha kengashlar o’tkazish, ayrim xodimlarga va guruhlarga maslahatlar berish qanday amalga oshiriladi?.
6.Tashkilotning ekspert komissiyasi ishida, hujjatlarni davlat saqloviga tanlab olish va makulaturaga, yo’q qilishga ajratishda qatnashish.


Adabiyotlar:
1.Alimov I. A., Bo’taev A., Arxivshunoslik. T., 1997.
2. Телеукулов. Г. С. Роль архивов Узбекистана в научно-исследовательской и культурной жизни республики (1918-80гг). – Т., 1995.
3.O’ljaeva Sh. Arxivshunoslik.O’quv qo’llanma.T.,2001
4.Alimov I. A., Bo’taev A., Arxivshunoslik. T., 1997.
5. Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga elektron texnologiyalarni keng joriy etish. “O’zarxiv” Agentligi axborotnomasi.-2005.-№35.-65 b.
6.Davlatov S.X., Abdalieva Z.X. Arxiv ishining nazariyasi va tarixi: O’quv qo’llanma.-T.: Arnaprint, 2009.-130 b.
7.Abdalieva Z.X. Istiqlol va arxiv xizmati.-T.: Arnaprint, 2008.-40 b.
8.Fayzieva R., Shomansurova R. Arxiv ishiga doir ruscha-o’zbekcha qisqacha izohli lug’at.-T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1993.-77 b.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin