A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə32/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Nazorat uchun savollar:
1.Davlat arxivlari ishining asosiy qoidalarini, hisob fondlari va fond ichidagi ro’yxat shakllari ko’rsatib bering ?
2.Viloyat davlat arxivlari haqida tushuncha bering.
3.O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiruvchi hujjatlar majmualarni sanab o’ting.
4. Davlat arxivlari tomonidan hujjatlarni qabul qilish qonuniyatlari
Adabiyotlar:
1. Alimov I. A., Bo’taev A., Arxivshunoslik. T., 1997.
2. Телеукулов. Г. С. Роль архивов Узбекистана в научно-исследовательской и культурной жизни республики (1918-80гг). – Т., 1995.
3. O’ljaeva Sh. Arxivshunoslik.O’quv qo’llanma.T.,2001
4. Alimov I. A., Bo’taev A., Arxivshunoslik. T., 1997.
5. Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga elektron texnologiyalarni keng joriy etish. “O’zarxiv” Agentligi axborotnomasi.-2005.-№35.-65 b.
6. Davlatov S.X., Abdalieva Z.X. Arxiv ishining nazariyasi va tarixi: O’quv qo’llanma.-T.: Arnaprint, 2009.-130 b.
7. Abdalieva Z.X. Istiqlol va arxiv xizmati.-T.: Arnaprint, 2008.-40 b.
8. Fayzieva R., Shomansurova R. Arxiv ishiga doir ruscha-o’zbekcha qisqacha izohli lug’at.-T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1993.-77 b.


2-MAVZU. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAJ HUJJATLARIGA ILMIY MA’LUMOTNOMA APPARATINI TASHKIL QILISH
Asosiy savollar:

  1. O’zR MAF hujjatlari ilmiy-ma’lumotnoma apparati tizimi.

  2. Arxiv ro’yxati. Ro’yxatlar tuzishni tashkil qilish usuli.

  3. Hujjatlar haqidagi axborotlarni turkumlash. Kataloglar.



2.1. O’z R MAF hujjatlari ilmiy-ma’lumotnoma apparati tizimi.

Arxiv hujjatlariga ilmiy-ma’lumotnoma apparati (IMA)ni tuzish ishi davlat arxivlarining ilmiy-axborot faoliyatining muhim tarkibiy qismidir. Hujjatlarni davlat arxivlaridan tezda topish uchun ular o’rganilib, tahlil qilinib, hujjatlarning tarkibi, mazmuni, manzili to’g’risidagi ma’lumotlar qisqa, umumlashgan shaklga keltiriladi. Hujjatlar to’g’risidagi bunday axborotlar varaqalar (kartochka)ga yozilib, ma’lumotnomalarga kiritiladi.


O’zR MAF tarkibidagi hujjatlarning hisobga olish, qidirib topishni osonlashtirish, undan unumli foydalanishni tashkil etish maqsadida yuqorida aytilgan yo’l bilan ularda IMA tizimi tashkil qilinadi. O’zR MAF IMA tizimi o’zaro uzviy bog’langan hisob hujjatlari, arxiv ma’lumotnomalari, mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan axborot-qidiruv tizimidan iboratdir. Bular bir xil usul va qoidalar asosida tayyorlanib, yig’majild, arxiv fondi, davlat arxivi, O’zR MAF doirasida hujjatlarni ehtiyot qilib saqlash va samarali qidirishni ta’minlash uchui tuziladi.IMA barcha darajadagi hujjatlar majmualariga qarab tuziladi. Bu ma’lumotnomalar quyidagilardan iborat:
1) respublika fondlar katalogi - O’zR MAFga tegishli ma’lumotnoma;
2) arxivlarda: ko’rsatkich (putevoditel)lar, arxiv fondlari haqida ma’lumotnoma, kirim daftari, fondlar ro’yxati, fondlar varaqalari, tizimli kataloglar, predmetli, ismli kataloglari;
3) fondga tegishli ma’lumotnomalar, hisob hujjatlari, fondning sharhi, tizimli kataloglar, mavzular bo’yicha kataloglar, ismlar kataloglari, fond varaqasi, ro’yxat;
4) ayrim yig’majildga tegishli ma’lumotnomalar - hamma turdagi
kataloglar, yig’majildning ichki hujjatlari ro’yxati va boshqalar.
Barcha hisob hujjatlari ma’lumotnomalar kabi fondlar doirasidagi hujjatlar haqida zarur axborot beradi. Masalan, fond varaqasi, fond tartib raqami, nomi, yig’majildlar soni, yillari, fond tarkibi to’g’risida qisqacha axborot beradi.
Hujjatlarni hisob qiluvchi asosiy ma’lumotnoma - bu opis yig’ma-jildlar ro’yxatidir. Boshqa arxiv ma’lumotlaridan farqli o’laroq, ro’yxat fond ichida yig’majildlarni hisoblash, har bir yig’majildning varaqlar sonini belgilash bilan birga u bir vaqtda yig’majildning tarkibi va mazmuni to’g’risidagi axborot-ma’lumotnoma hamdir.
O’zR MAF hujjatlariga tuzilgan IMA tizimi o’zaro bog’liqligi, birligi bilan ajralib turadi. Respublikaning barcha arxiv hujjatlari to’g’risidagi eng umumiy ma’lumotnoma respublika fondlari katalogidir. Viloyat miqyosidagi arxiv hujjatlari to’g’risidagi umumiy ma’lumotnoma hududiy arxiv ishi boshqarmasining fondlar katalogidir. Bu ma’lumotnomalar yordamida tarixchi, tadqiqotchi qaysi arxivda u yoki bu mavzuga oid qanday hujjatlar borligini aniqlab oladi. Shundan keyin kerakli davlat arxivlariga borib, o’sha arxivning ko’rsatkichi yoki arxiv fondlarining qisqacha ma’lumotnomasi, fondlar ro’yxati va varaqasi o’rganiladi; bu ma’lumotnomalardan tadqiqotchi uchun kerakli hujjatlar arxivning qaysi fondlarida ekanligi aniqlanadi.
Arxiv fondlarining yig’majildlari ro’yxatlari bilan tanishib chiqish kerakli hujjatlar qaysi yig’majildlarda ekanligini aniqlash imkonini beradi. Kerakli yig’majildlar arxivdan olinib, ulardan tadqiqotchiga zarur hujjatlar topiladi va ko’chirib olinadi. Bir mavzuga oid barcha fondlardagi hujjatlarni davlat arxivining tizimli, mavzular bo’yicha tuzilgan kataloglari yordamida aniqlab, kerakli hujjatlarni tanlash va ularni arxivdan olib o’rganish, tadqiq qilish imkoni tug’iladi.
Shunday qilib, IMA tizimi tarkibiga kiruvchi ma’lumotnomalarning har biri o’ziga xosdir. Shuning bilan birga ular o’zaro bog’liq va bir-birlarini to’ldirib, O’zR MAF hujjatlari to’g’risida zarur axborot beradi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin