A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y


Davlat arxivlari o’rtasida hujjatlarni taqsimlash



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə30/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

1.2. Davlat arxivlari o’rtasida hujjatlarni taqsimlash.

Davlat arxivlari shahobchalari bo’yicha O’zR Milliy arxiv fondi hujjatlarini taqsimlash arxiv fondlari, ular bo’linmasligini va hujjatlarni turkumlashniig asosiy belgilarini, ya’ni ularni ma’lum bir tarixiy davrlarga, respublika va mahalliy idoralarga, ma’lum ma’muriy-hududiy bo’linmalarga, davlat va jamoat faoliyatining ma’lum sohalariga tegishli ekanligini, hujjatlarni tayyorlash uslubi va texnikasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


Hozir respublikada quyidagi markaziy davlat arxivlari shahobchalari mavjud: O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi, O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi va O’zbekiston Respublikasi kino-foto-fonohujjatlari markaziy davlat arxivi.
Mahalliy davlat arxivlari shahobchalari quyidagilardan iborat: Qoraqalpog’iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, viloyatlar davlat arxivlari, ularning filiallari va Toshkent shahar davlat arxivi. Bu arxivlarda Oktyabr to’ntarishidan keyingi davrga oid hujjatlar saqlanadi.
Markaziy davlat arxivlarida respublika ahamiyatiga ega bo’lgan hujjatlar saqlanadi. Bu arxivlarda respublikaning markaziy tashkilotlari - hokimiyat va boshqaruv organlari, vazirliklar, davlat qo’mitalari, respublikaga bo’ysunuvchi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar hujjatlari doimiy saqlanadi.
Viloyat davlat arxivlarida viloyat tashkilotlari arxiv hujjatlari saqlanadi. Viloyat davlat arxivlari filiallarida shahar, tuman va qishloq tashkilotlari, korxonalari, xo’jaliklari hujjatlari saqlanadi.
Shunday qilib, arxivlarni to’g’ri butlash davlat arxivlari tarkibini sifatli shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Bu alohida ahamiyatga ega bo’lgan ishda davlat arxivlarining manbalarini, hujjatlari qabul qilinadigan tashkilotlarni bexato aniqlash, hujjatlar qimmatdorligining ekspertizasini qoidali o’tkazish, ilmiy, tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan barcha hujjatlarni to’la tanlab olish, idoralarda tartibga solingan hujjatlarning saqlanishinini ta’minlash va belgilangan muddatda davlat arxivlari tomonidan qabul qilinishining ahamiyati kattadir. To’liq va yuqori sifatli butlangan arxivlarda hujjatlardan ilmiy ishlarda foydalanish ham samarali bo’ladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin