A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y


Davlat arxivlari tomonidan hujjatlarni qabul qilish



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə29/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Davlat arxivlari tomonidan hujjatlarni qabul qilish. Davlat arxivlari hujjatlarni idoraviy arxivlardan hujjatlari davlat saqloviga qabul qilinadigan tashkilotlar ro’yxati asosida qabul qiladi.
Davlat saqloviga qabul qilinadigan hujjatlar davlat arxivlari tomonidan quyidagi muddatlar o’tganidan keyin qabul qilinadi:
O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, prokuraturasi, sudlari, banklari, respublikaga bo’ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining arxiv hujjatlari - 15 yil.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, prokuraturalari, sudlari, banklari, viloyatga bo’ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining arxiv hujjatlari - 10 yil.
Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, shahar va tumanlarga bo’ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalari, qishloq xo’jaligi korxonalarining arxiv hujjatlari - 5 yil.
Fuqarolik holati hujjatlari yozuvlari, shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar, notarial harakatlar, sud ishlarining, xo’jalik daftarlari yozuvlari - 75 yil.
Qo’shma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, tashkilotlar va mulkchilikning aralash shakllaridagi birlashmalar faoliyatinining amalga oshirishda paydo bo’lgan arxiv hujjatlari - 10 yil.
Ilmiy texnologiya va patent hujjatlari - 10 yil.
Konstruktorlik hujjatlari - 15 yil.
Kapital qurilish bo’yicha loyiha hujjatlari - 25 yil.
Telemetrik hujjatlar - 5 yil.
Kino-foto-fonohujjatlar va videofonogrammalar - 3 yil.
Mashina omili asosidagi hujjatlar - 5 yil.
Maxfiy hujjatlar - 30 yil.
Davlat arxivlari tomonidan tugatilgan tashkilotlarning hujjatlari muddatidan oldin qabul qilinadi. Shaxsiy va oilaviy hujjatlarni davlat arxivlari tomonidan qabul qilish masalasini ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) hal qiladi. ETK majlisida shaxsiy hujjatlar egasining arizasi, hujjatlar ro’yxati, davlat arxivi eksperti yoki mutaxassisning hujjatlar qimmatdorligi to’g’risidagi xulosasi ko’rib chiqiladi.
Tashkilotlar hujjatlari davlat arxivlariga ETK tasdiqlagan ro’yxat bo’yicha topshiriladi. Hujjatlarni davlat saqloviga qabul qilish qabul-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin