A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y


Ekspertiza o’tkazishning asosiy qoidalari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə26/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

3.2. Ekspertiza o’tkazishning asosiy qoidalari.

Idora bo’limlari ish yuritish hujjatlarini 2-3 yil o’tganidan keyin idoraviy arxivga topshiradilar. Bu arxivda doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlar jamlanadi. Davlat arxivida doimiy saqlanadigan qimmatli hujjatlarni topshirish uchun hujjatlar ekspertizasi o’tkaziladi. Bu ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, arxiv fondlari tarkibidan kelib chiqib, ayrim hollarda vaqtincha saqlanadigan ikkinchi darajali hujjatlarni ham doimiy saqlash uchun qoldirishga to’g’ri keladi. Ekspertiza hujjatlarni saqlash muddati ko’rsatilgan tegishli Ro’yxat (Perechen) asosida o’tkaziladi.


Hujjatlarni saqlash muddatlari ko’rsatilgan ro’yxatlar. Hujjatlarning saqlash muddatini aniqlash juda murakkab ish, shuning uchun respublika tashkilotlari, odatda vazirliklar, yuqori malakali mutaxassislar hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilab qo’yadilar. Bu ma’lumotnoma hujjatlarni saqlash muddati ko’rsatilgan Ro’yxat deb ataladi. Bu ro’yxatlar to’plam shaklida ko’paytirilib barcha tegishli idoralarga, arxivlarga tarqatiladi. Ular davlat idoralarining ayrim sohalari, xalq xo’jaligi korxonalarining tarmoqlari bo’yicha ham bo’ladi. Masalan, har bir vazirlik, davlat qo’mitasi va boshqa idora o’z sohasidagi hujjatlarni saqlash muddatini belgilovchi Ro’yxat ishlab chiqishi kerak.
Bunday Ro’yxatlar idoraviy arxivlarda davlat arxivlari tomonidan ekspertiza o’tkazilishini osonlashtiradi. Shu ro’yxatlarga qarab hujjatlar ekspertizasi o’tkaziladi, ya’ni ular doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarga ajratiladi. Doimiy saqlanadigan hujjatlar idoraviy arxivlardan, ya’ni vaqtincha saqlovchi joriy arxivdan davlat arxiviga topshiriladi.
Hujjatlar qimmatdorligi ekspertizasn o’tkazishni tashkil qilish va ekspertiza-tekshiruv komissiyalari. Hujjatlar ekspertizasini o’tkazish uchun idoralarda ekspertiza komissiyasi (EK) tuziladi. Bu komissiya idoraviy arxivga aloqador xodimlardan idora boshlig’ining buyrug’iga asosan tashkil qilinadi. Ular hujjatlar ekspertizasini, ya’ni hujjatlarni saqlash muddatini ro’yxat yordamida va ekspertiza qoidalariga asosan aniqlashadi. Doimiy saqlanadigan hujjatlar uchun alohida ro’yxat tuziladi. Saqlash muddati tugagan, ikkinchi darajali hujjatlar yo’q qilishga ajratiladi. Yo’q qilinishi kerak bo’lgan bu hujjatlar uchun maxsus dalolatnoma tuziladi.Doimiy saqlanadigan hujjatlar ro’yxati davlat arxivi huzurida mavjud bo’lgan ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) ga tasdiqlash uchun topshiriladi. Bu tekshiruv komissiyasi yuqori malakali arxivchilaridan tuzilgan bo’ladi. ETK doimiy saqlanadigan hujjatlar ro’yxatini sinchiklab o’rganib, tahlil qilib chiqadi. Xatolarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, tasdiqlamay, ularni bartaraf etishni talab qiladi. Masalan, arxiv fondi to’la saqlanmagan bo’lsa, ikkinchi darajali hujjatlarni ham doimiy saqlanadigan hujjatlar ro’yxatiga o’tkazishni talab qiladi. Davlat arxivining ETKlari ekspertiza qoidalari nuqtai nazaridan kelib chiqib, idora ekspert komissiyasi (EK) arxiv ro’yxatini tasdiqlaydi. Domimiy saqlanadigan hujjatlar arxiv ro’yxati ETK tomonidan tasdiqlangandan keyin idora boshlig’i saqlash muddati tugagan hujjatlar dalolatnomasini tasdiqlab yo’q qilishi mumkin.
Shunday qilib, idoralar o’z hujjatlarini yo’q qilish huquqiga ega emas. Bunday huquq faqat davlat arxivlariga berilgan edi. Mustaqillik tufayli respublikamiz, xalqimiz tarixiga qiziqish keskin ortdi. Shu munosabat bilan davlat arxivlarining xalqning arxiv hujjatlariga bo’lgan talabini qondirishga qaratilgan axborot faoliyati ahamiyati keskin o’smoqda.
Mustaqillik sharoitida O’zR MAF hujjatlaridan g’oyaviy, ijtimoiy-madaniy, o’quv-pedagogik, tarbiyaviy maqsadlarda, shuningdek fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy talablarini qondirish uchun foydalanish ancha faollashdi. Respublika, viloyatlar, shaharlar va tumanlar tarixiga oid, ayrim tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati, jamiyat hayotida arxivlarning ahamiyati to’g’risida fotohujjatlar bilan bezatilgan va mazmunli maqolalar, hujjatlar to’plamlari e’lon qilina boshlandi. 1941-1945 yillarda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 50 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish munosabati bilan urush yillarida viloyat davlat arxivlari mehnatkashlarning fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi to’g’risida risolalar chop etdilar. 1999 yilda respublika arxiv tashkilotlari davriy matbuotda 205 ta maqola e’lon qildilar, 83 ta arxiv hujjatlari ko’rgazmasi, 35 ta teleko’rsatuv va radioeshittirish tashkil qildilar. Arxiv tashkilotlari tomonidan juda ko’p ijtimoiy-huquqiy va mavzu bo’yicha so’rovlar bajarildi. Respublika arxiv tashkilotlari 1991-1993 yillarda fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy xususidagi 46 ming so’rovini bajarishdi. Davlat arxivlariga kelgan fuqarolar so’rovlari yildan-yilga ortib bordi. Masalan, 1991 yilda 15 mingga yaqin so’rovlar bajarilgan bo’lsa, 1992 yilda 18 mingdan ortiq va 1993 yilning birinchi yarmida 12.5 ming so’rov bajarildi. 1994-1995 yillarda respublika arxiv tashkilotlari 50 mingdan ortiq fuqarolar so’rovlari bajarilgan bo’lsa, ulardan 32 mingdan ko’piga ijobiy javoblar berilgan. Rossiya va O’zbekiston hukumatlari nafaqaxo’rlarga imtiyozlar bergani munosabati bilan urush yillaridagi ish stajlarini va medal bilan mukofotlanganligi, polyak, yahudiy, koreets va boshqalarning evakuatsiyasi to’g’risidagi so’rovlar ko’paydi.
Respublikaning bozor munosabatlariga o’tishi munosabati bilan ko’pchilik davlat arxivlari fuqarolar so’rovlarini shoshilinch (muddatidan oldin) bajarganligi uchun pullik xizmat ko’rsatgan. “O’zarxiv” Agentligi davlat arxivlari tomonidan bepul bajariladigan so’rovlar ro’yhatini tasdiqladi. Bu ro’yhatga ish staji, urushda ishtiroki, urush yillari medal bilan taqdirlanganligi, qatag’on qilinganligi to’g’risidagi so’rovlar kiritilgan edi. So’rovlarning boshqa turlari pullik bajarilgan. O’zbekiston arxiv tashkilotlari faoliyatining turlaridan yana biri tarixiy hujjatlarni e’lon qilish hisoblanadi. Lekin bozor munosabatlari sharoitida arxiv tashkilotlari nashriyot bazasi, qog’oz va mablag’ yo’qligi sababli hujjatlar to’plamini nashr etish imkoniyatlari bo’lmadi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida iqtisodiy islohotlar jarayonida arxiv tashkilotlarida xo’jalik yuritishning iqtisodiy usullarini joriy etish va rivojlantirish yuz bermoqda. Respublika arxiv ishini rivojlantirish fondining asosiy qismini bundan keyin ham davlat byudjetlari mablag’lari tashkil etadi. Shunig bilan birga, yangicha xo’jalik yuritish usuliga o’tish, arxivlarga tashkilot va korxonalar, jamiyat va kooperativ, ijodiy muassasalar hamda aholiga shartnoma asosida pullik xizmat ko’rsatishni kengaytirish hisobiga byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalarining topish imkoniyatini berdi. Davlat arxivlarini shartnoma asosida bajaradigan pullik xizmat ishlari turlari quyidagilardan iborat:

  1. Vazirlik, idora va boshqalarga yig’majildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda, ish yuritishni tashkil qilishda metodik va amaliy yordam ko’rsatish.

  2. Hujjatlarni tanlab olish va tartibga solish, jumladan shaxsiy arxivlarda ham shunday ishlar amalga oshirilishi mumkin.

  3. Mavzuli so’rovlarni, shuningdek mulkdorlik huquqi to’g’risida, sulolaviy xususidagi so’rovlarni bajarish.

  4. Tashkilotlarni axborotlar bilan ta’minlash.

  5. O’quv yurtlari, ijodiy muassasalar va boshqa tashkilotlar buyurtmasi bilan hujjatlar to’plamlari, hujjatlar ko’rgazmalari, ekskursiyalar tayyorlash.

Davlat arxivlari rahbarlari ish haqqi jamg’armasidan iqtisod qilingan, pullik xizmat va shartnoma asosida topilgan qo’shimcha daromadlar asosida xizmatchilarini qo’shimcha rag’batlantirish huquqiga ega bo’ldilar. 1999 yilda arxiv tashkilotlari pullik xizmat hisobiga 47.5 million so’m daromad qildilar. Arxiv tashkilotlari pullik xizmatdan olingan daromaddan xizmatchilarni mukofatlash, ularga qimmatli sovg’alar taqdim etish va sog’lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirdilar. Mustaqillik sharoitida davlat arxivini boshqaruv organlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” Agentligi hisoblanadi. Uning tizimiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, ularning qaramog’idagi davlat arxivlari (ularning filialllari)hamda Markaziy davlat arxivlari kirishi belgilab qo’yildi. Yuqorida qayd etilgan arxiv tashkilotlariga arxivlarni butlash, O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hisoblangan respublika xalqlarining o’tmish tarixi to’g’risidagi hujjatli yodgorliklarni jamiyat va fuqarolar manfaati uchun saqlash va foydalanish kabi davlat majburiyatlari yuklangan. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida 80 dan ortiq davlat arxivlari bo’lib, ularda 6 mln yig’majildlardan ziyod hujjatlar asrab-avaylab saqlanmoqda. Bu hujjatlardan tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar va boshqa mutaxassislar ilmiy, madaniy-marifiy ishlarda keng foydalanmoqda.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin