Boshlang’ich sinflarda iqtisodiy bilim berish yo’llari



Yüklə 169 Kb.
səhifə1/4
tarix19.05.2022
ölçüsü169 Kb.
#58686
  1   2   3   4
boshlangich sinflarda iqtisodiy bilim


Boshlang’ich sinflarda iqtisodiy bilim berish yo’llari

Mustaqillik tufayli Respublikamiz siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyotining yangi o’ziga xos yo’lga o’tib olgan va bu yo’ldan jahonga yuz tutib ilgarilab bormoqda.


Jamiyatdagi iqtisodiy islohot, insoniyat hayotiga turli yangiliklarni kirib kelishi ta’lim sohasida ham bir qator o’zgarishlar qilinishini taqazo etmoqda. Hozirgi kunda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarni saqlagan holda, bir xillikdan, bir qolipga tushib qolishdan saqlanmoq zarur. Ta’limning kishi xotirasini rivojlantirishga qaratilgan turidan inson tafakkurini har tomonlama rivojlantirish, o’quvchilar egallagan bilimlarni amaliyotda qo’llash, ularda amaliy ko’nikma va malakalar hosil etishga qaratilgan turiga o’tishga harakat qilish shu kunning talablaridan biridir. Shuning uchun bir tizimdagi maktablar, darsliklar, qo’llanmalar o’rniga ixtisoslashgan, o’quvchilar qobiliyati va iqtidorini ro’yobga chiqarishga qaratilgan ta’lim muassasalari tarmog’i kengayib, yangi darsliklar, qo’llanmalar ishlab chiqilmoqda. O’qitish va tarbiyalash ishlarida jahongda to’plangan tajribadan foydalanishga e’tibor berildi.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday yozgan edi: “Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxt-u saodati, ularning yorug’ kelajagi uchun amalgam oshirilmoqda. Lekin baxt-u saodat faqat boylik, mol-u mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.”
Darhaqiqat, yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash, bilimli qilish har birimizning muhim insoniylik burchimizga aylanmog’i lozim.
Respublikamizda amalga oshirilgan va oshirilayotgan barcha ishlar jamiyat hayotining hamma qirralariga o’z ta’sirini o’tkazayotganligi ma’lum. Respublika Prezidentining farmonlari, Vazirlar mahkamasining qarorlari, Oliy Majlis tomonidan qabul qilinayotgan Qonunlar ana shu o’zgarishlar va yangiliklarning huquqiy asosi bo’lib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda hayotimizga kirib kelgan tadbirkorlik, biznes, marketing, soliq tizimi va shu kabi so’zlar yangilik bo’lmasada, ular ilgari faqat iqtisodchi mutaxassislar tomonidangina qo’llanib kelingan.
Vatanimizning kelajagi buyuk davlat darajasiga ko’taradigan ijodkor shaxsni yaratishda boshlang’ich ta’lim mustahkam poydevor rolini o’ynaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yashaydigan aholini, shu jumladan, yosh avlodni ham iqtisodiy va soliq haqidagi bilimlari va tafakkurini kengaytirish, savodxonligini oshirishda iqtisodiy bilimlar poydevorini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Bizga ma’lumki, iqtisodiy bilim uni egallash bola hayotida muhim o’rin egallaydi, chunki bolaning tejamkorlikni, ishbilarmonlikni o’rganishi muhim omillar hisoblanadi.
Bola avvalo oilada, o’z ota-onasidan, ularning o’zaro bozor, soliq, iqtisod, tovar, kommunal to’lovlar, bank-kredit haqidagi suhbatlarini eshitadi hamda ota-onaning uyda yashash uchun zarur bo’lgan har bir oilaga qarashli uy-joy, yer uchastkalari, anjomlar, ashyolar, uy-ro’zg’or buyumlari, kiyim-kechak, oziq-ovqatlardan tejab-tergab sarflashlarini ko’radi. Mana shu ko’rgan voqeliklardan bolada oiladayoq iqtisodiy va soliq haqidagi bilim va ko’nikmalar shakllana boshlaydi.
Bunday malakalarni kichkintoy bog’chaga borgach ham davom ettiradi.
Shundan so’ng kichkintoy hayotida maktab davri boshlanadi. Bolaning maktabga kelgan dastlabki kunidanoq iqtisodiy bilim va ko’nikmalarini biz o’qituvchilar har bir dars jarayonida rivojlantirib borishimiz zarur. Ushbu vazifalarni amalga oshirish va zamon talablariga mos qilib o’quvchilar ongiga singdirishimizda bizga O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan hamda mualliflar: Sherzodbek Sariqov, Shahnozaxon Sariqova, Muazzamxon Mamadinova, Hurmatoy Xatamova va Komiljon Allamjonovlar tavsiya etgan 1-4 sinflar uchun “Iqtisod va soliq alifbosi” o’quv qo’llanmalari yaqindan yordam beradi.
Qo’llanmaning 1-4-sinflar uchun nashr etilgan kitoblar o’ziga xos va zamon talabiga mosligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qo’llanma darsliklar iqtisod va soliq haqidagi bilimlarni o’quvchilar, ularning qabul qilish imkoniyatlarini hisobga olingan holda foydalanib o’rganish uchun nashr etilgan.
Har bir darslik qo’llanma mavzularga mos rangli rasmlar, hikoyalar, rebus topshiriqlar bilan boyitilgan.
Mana 1-sinflar uchun mo’ljallangan kitob ikki bo’limdan iborat:
1-bo’lim. Ehtiyojlar va imkoniyatlar.
2-bo’lim. Mehnat. Ishlab chiqarish.
Ushbu har bir bo’limda 1-sinf o’quvchisi uchun bilishi kerak bo’lgan iqtisod va soliq haqidagi bilim va ko’nikmalarning boshlang’ich tushunchalari berilgan va ular alohida mavzular bilan ajratilgan. Mana shu bo’limlarda berilgan har bir alohidagi mavzularga mos rasmlar, savol va topshiriqlar, rebuslar berilganki, ular o’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu kitobning yana bir e’tiborli jihati shuki, unda kattalar uchun ham qoidalar yozib qo’yilgan. Qoidalarni o’qish jarayonida ota-ona farzandi bilan birgalikda har bir mavzudan ma’lumotga ega bo’ladi.
Bizga ma’lumki, 1-sinfga kelgan kichkintoy o’quvchilar ertak va hikoyalarni yaxshi ko’radi. Shuni hisobga olib, bu qo’llanmada hayotiy hikoyalar va ertaklar berilgan. Mana “Oltin baliq” ertagini olsak. Bu ertakni o’qituvchi avval so’zlab beradi va shunga bog’lab har bir kishining kundalik ehtiyojlari, imkoniyatlari haqida tushunchalarni bola ongiga singdiradi. (“Iqtisod va soliq alifbosi”, 1-sinf uchun, 14-bet)



Yüklə 169 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin