Boshlang’ich sinflarda iqtisodiy bilim berish yo’llari



Yüklə 169 Kb.
səhifə2/4
tarix19.05.2022
ölçüsü169 Kb.
#58686
1   2   3   4
boshlangich sinflarda iqtisodiy bilim

Oltin baliq
Siz oltin baliq ertagini eshitganmisiz? Agar eshitmagan bo’lsangiz, ota-onangiz yoki o’qituvchingizdan aytib berishlarini iltimos qiling.
Avvaliga kampir choliga: “Oltin baliq hech bo’lmasa, teshik tog’aramizni yangilab bersin” – deydi. Tog’arani olgandan so’ng esa yangi uy so’raydi. Bora-bora uning ehtiyoji suv osti malikasiga aylanish bo’ladi.
Biz bir ehtiyojimizni qondirganimizdan so’ng, ikkinchisi paydo bo’ladi. Ehtiyojlarni qondirganimiz sari, yangilari kelib chiqaveradi.
Demak bizning ehtiyojlarimiz cheksiz, lekin ularni qondirish uchun imkoniyatimiz cheklangan.


Mashqni bajaring.
1. Bitta albom varag’i tayyorlang. Unga o’zingiz xohlagan ikki xil narsaning rasmini chizing. Masalan, chap tomoniga – olma,o’ng tomoniga – banan.
2. Endi ikkalasidan bittasini tanlang va qirqib oling.
3. Nima uchun u narsani emas, bu narsani tanlaganingizni tushuntirib bering.

Hammamizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” – deb belgilab qo’yilgan. Shuni hisobga olib, 1-sinf qo’llanmasida: -Kim qayerda ishlaydi? Kasb va hunar. Bilim nima uchun kerak? – degan mavzu berilgan. Mana shu mavzu orqali biz bolalarga kasblar haqida, hunar va uni egallash yo’llari, bularga erishish uchun albatta bilim olish kerakligi haqida hayotiy misollar orqali tushunchalar beramiz. Shu o’rinda darslikda berilgan “Bahs” hikoyasini o’qib berish, o’quvchilarni mustaqil fikr yuritishlariga undaymiz. Quyida 1-sinf uchun “Iqtisod va soliq alifbosi” darsligining 22-23-betlardagi “Bahs” mavzusini bayon qilamiz:




Bahs
Bir kuni tegirmonchi, dehqon va novvoy bahslashib qolishibdi.
Novvoy dedi:
- Men mana shu mazali va chiroyli nonlarni pishirmasam, sizlar nima yegan bo’lardingiz?
Tegirmonchi:
- Men bug’doyni o’z tegirmonimda yanchib, un qilmasam, sen bu mazali nonlarni qanday pishirarding?
- Agar men bug’doyni ekib, parvarish qilmaganimda, sen tegirmonda nimani yanchar eding? – dedi dehqon.
Ular uzoq tortishib, bir qarorga kelishibdi.
Siz nima deb o’ylaysiz, ular qanday xulosaga kelishgan?

2-sinf uchun “Iqtisod va soliq alifbosi” qo’llanmasida yuqorida 1-sinfdagi mabzular kengaytiriladi. Bu qo’llanma ham ikki bo’limdan iborat bo’lib, ular:


1-bo’lim. Bozor va savdo-sotiq.
2-bo’lim. Pul va narx.
2-sinfda o’quvchilar Tovar nima? Xizmatlar va ularning turlari. Hamma mahsulot ham tovar bo’la oladimi? Kimlar soliq to’laydi? Bozor va uning turlari, pul birliklari kabi mavzular bilan tanishadilar. Bu va shu qatordagi mavzular ham hikoya, rangli rasmlar, rebuslar bilan boyitilgan. Kattalar uchun ham ma’lumotlar berilgan.



Yüklə 169 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin