Boshlang’ich sinflarda iqtisodiy bilim berish yo’llari


Biz qanday suvni iste’mol qilamiz?



Yüklə 169 Kb.
səhifə4/4
tarix19.05.2022
ölçüsü169 Kb.
#58686
1   2   3   4
boshlangich sinflarda iqtisodiy bilim

Biz qanday suvni iste’mol qilamiz?
Akramjon bilan bobosi televizordan berilayotgan qiziqarli filmni tomosha qilardilar. Film dengizchilar haqida edi.
Moviy dengizda kema suzib borardi. Kema yo’ldan adashgan, dengizchilarning suv va oziq-ovqati tugab qolgan edi. Kemadagi bir yosh bola birdan:
- Suv, suv! – deb qichqira boshladi. Shunda Akramjon bobosidan ajablanib so’radi:
- Bobo, atrof to’la suv bo’lsa ham nega bu bola suv so’rayapti? Dengizdagi suvdan olib ichsa bo’lmaydimi?
Shunda bobosi Akramjonga tushuntirdi:
- O’g’lim, dengiz suvi ichishga yaramaydi, chunki u sho’r. Bizning ichimlik suvimiz esa boshqa! Ko’rdingmi, bolajonim, suvsiz hayot kechirish qanday og’irligini.
Tabiatda suv ikki xil bo’ladi: sho’r va chuchuk suv. Biz chuchuk suvni iste’mol qilamiz. Chuchuk suv bizga suv quvuri orqali yetkazib beriladi. Daryo va ariqlardagi suvlar ham chuchuk suv. Biz bu suvlardan ekinlarni sug’orishda foydalanamiz. Foydalanganligimiz uchun haq to’laymiz. Suvni tejab, to’g’ri foydalanishimiz kerak. Chunki chuchuk suv zahirasi juda oz. Suvsiz hayot bo’lmasligini, mana ko’rib turibsan. Tushundingmi, o’g’lim?
Akramjon bundan oldin ichimlik suvining ozligini, unga haq to’lanishini bilmas edi. Shundan so’ng u suvni tejash zarurligini tushunib oldi.
Shunday qilib, o’quvchilar “Iqtisod va soliq alifbosi” darslari orqali to’rt yil davomida iqtisod, tadbirkorlik, mulk, daromad, soliq, mehnat va ishlab chiqarish hamda ularda o’zlarining qanday o’rinlari borligi bilan dastlabki tushunchalarga ega bo’ladilar. Bular bolalarning iqtisod va soliq sohasida olgan bilim va k’onikmalari kelajak hayotlarida muhim o’rin egallaydi.
Ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga, undan har bir darsda foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Pedagogik texnologiya – bu o’quvchilar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko’zlangan natijaga erishishda eng qulay yo’l va usullarni tanlash, bola tez o’zlashtira oladigan holatda ishlab chiqish mahoratidir.
Darhaqiqat, ilg’or pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilim olishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.
Shuning uchun ham ta’lim ishiga yangicha texnologik yondoshuv katta ahamiyatga ega.
Ta’lim ishiga texnologik yondoshuv quyidagilarni nazarda tutadi:
- ta’lim jarayoni maqsadini aniq belgilashni;
- o’qish-o’qitish va yarbiya jarayonini uzviy bog’liq bosqichlar, frazalar, amallarga ajratish, bo’lishni;
- ta’lim jarayonida mo’ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
- loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini bir xil bajarishni.
Shularni inobatga olib, dars berish jarayonini tashkil etsak, ko’zlangan najilarga erisha olgan bo’lamiz.
Pedagogik texnologiyada ta’lim jarayonining maqsadini belgilash muhim bo’lib, u rejalshtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham biz o’qituvchilar maqsadni aniq belgilashga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Har bir o’qituvchi avvalo o’zi o’qitadigan o’quv predmeti va har bir o’tiladigan darsning maqsadini aniq belgilash kerak.
Qo’llanmalar mana shu yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’quvchilar shaxsiga mos qilib yoritib berilgan. Qo’llanma (3-sinf 31-betda berilgan 4-topshiriq)
O’quvchilarga iqtisodiy bilim berish asoslarini o’rgatishda xalq maqollari iqtisod tejamkorlik va isrofgarchiliklar to’g’risidagi naqllardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir.

Avval iqtisod, keyin siyosat.


Bir to’lgan bir sochilar.


Daryo-daryo qabul qil,


Tomchi-tomchi yubor.

Ko’p bo’lsa ketar, oz bo’lsa yetar.


Molini quritaman degan pul qilar,


Donini quritaman degan un qilar.

Otni ayagan ot minar,


To’nni ayagan to’n kiyar.

Pulning onasi – tiyin.


Pul topguncha aql top.


Saqlasang ming kunlik,


Saqlamasang bir kunlik.

Suv ham qattiq yerda to’xtaydi.


Tejog’lik ro’zg’or – bejog’lik qo’g’irchoq.


Toma-toma ko’l bo’lur, tommay qolsa cho’l bo’lur.


Har kuni yema palovni,


Har kuni yoqqin olovni.

O’quvchilarga bozor iqtisodiyotga o’tish munosabati bilan iqtisodiy bilim berish uchun savdo-sotiq sohasi bo’yicha ham ma’lumotlar berish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shuning uchun o’qituvchi hozirgi kunda bozordagi oziq-ovqat tovarlarini xarid narxlari haqida o’quvchilarga tushuncha berib borishi lozim.


O’qituvchi tomonidan o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini o’stirish va olgan bilimlarini mustahkamlash uchun hikoyalar ayttirib borish, rasmlar orqali so’zlashga o’rgatish ham shu kunning muhim vazifalaridan biridir. Shuning uchun o’qituvchi o’quvchilarga iqtisod fanidan hikoyalar tuzdirib, shu tuzdirgan hikoyalar asosida o’rgatib borsa o’quvchilarning fikrlash qobiliyati ortadi va nutq madaniyati ham kengayib boradi. Misol uchun quyidagicha bajarish mumkin:
Anvarjonning otasi Qosimjon aka farzandining o’qimishli, dono, aqlli va zakovatli inson bo’lishini orzu qilar edi. Uni har doim turli joylarga olib borar, turli dohalardagi o’zgarishlarga e’tibor berishini talab etar edi.
Anvarjon yurtimizning kundan kunga rivojlanib barq urayotganini ko’rib sevinib yashar edi. U ko’proq savdo-sotiq ishlarida otasiga yaqindan yordam berib, otasining ishlarini yengillashtirar edi.
Bir kuni otasi unga 2000 so’m pul berdi va o’g’liga bu pulga o’zi xohlagan bozordan, kartoshka 5 kg, sabzi 4 kg, gurunch 2 kg olishni buyurdi. Ota o’z o’g’lini qanday bozorlik qilib kelishini sinar edi.
Anvarjon Dehqon bozori va Jahon bozorlaridagi narx-navolarni so’rab bildi, bir-biridan o’zaro farqini anglab yetdi. Va otasi aytgan xaridlarning barchasini sotib oldi.
Qolgan 450 so’m pulni otasiga qaytarib berdi.
- Qani, aziz o’quvchilar, Anvarjon 450 so’m pulni nima uchun tejab qoldi?
O’qituvchi o’quvchilarni darsga qiziqtirish maqsaqida sinfning o’zida turli sohalarda kichik-kichik ko’rinishlar, iqtisod faniga oid maqollar, o’zaro o’quvchilar bilan suhbatlar olib borsa bu qilingan ishlarning natijasida bolalar xotirasida abadiy saqlanib qoladi.
Ta’lim va tarbiya yagona jarayon bo’lib, ayniqsa matematika fani tabiatni e’zozlash, muhofaza qilish, tejamkorlik, o’quvchining fikrlash qobiliyati va aqliy tafakkurini o’stiruvchi fandir.
Matematika – eng aniq fan. Undagi har bir fakt to’g’riroq yoki ba’zan to’g’ri, ba’zan noto’g’ri bo’lmaydi, mantiq qonun-qoidalariga bo’ysungan holda isbotlanadi.
“Matematika – bu musiqa, faqat uni tinglay bilish kerak” – degan edi ustozlarimizdan biri. Ha, matematika ajoyib musiqa. Lekin bu musiqani qoyilmaqom qilib ijro etish, uni tinglovchiga yetkaza bilish o’qituvchidan chuqur bilim va yuksak mahorat talab etadi.
Bolalarda ilk matematik tushunchalarni oiladan, bog’chadan boshlash kerak. Matematika sevuvchi o’quvchini yarata olsangiz, o’qucvhi o’zi matematik go’zallikni anglaydi va o’zi ifodalay oladi.

Maftun etar hisobning


Masalasi, misoli.
Bilgan odam biladi,
Unda bilimlar boli.

O’rganaman men nechun


Hech erinmay kunu tun.
Asalari misoli
Foydali yashash uchun.

Mana shu matematika darslarida ham biz o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni ko’proq berib boramiz. Buning uchun biz yangi pedagogik texnologiyaga tayangan holda darsni tashkil etsak, treyning, interfaol usullardan unumli foydalansak, maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda o’qituvchidan mahorat, izlanuvchanlik, o’quvchilar qalbiga yo’l topa bilish talab qilinadi.


Matematikadan berilgan mavzu tushuntirilib, kitob bilan ishlangandan so’ng darsning mustahkamlash qismida “Klaster” usulida shunday topshiriq qo’yilishi kerakki, o’quvchilar misollarni yechib iqtisodga oid so’zni topishlari kerak bo’ladi.

Masalan:


56:8

27:9

63:7



35:7


54:9

32:8

64:8

Bir so’z bilan aytganda yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi so’zlarini eslab o’tish joizdir:


“Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.
“Biz yurtimizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yorug’ yo’l kerak. Bu g’oyaning zamirida xalqimizning o’zligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin emas”.
Shu tariqa o’quvchilarni boshlang’ich ta’limda iqtisodiy bilim asoslarini o’rgatish qulay usulda masala va misollar yechishda turli usullardan foydalanib borish, yangi pedagogik texnologiya asosida o’quvchilarga chuqur bilim berish hozirgi zamon o’qituvchisining muhim vazifasidan biridir. Shuning uchun o’qituvchi darsga puxta tayyorlangan holda har bir darsini ko’rgazmali qurol va tarqatmali materiallar asosida hozirgi zamon yangiliklari bilan tanishgan holda o’quvchilarga bilim bersa, o’qituvchining har bir savol va topshiriqlarini o’quvchilar ham o’z vaqtida tushunib yetishlariga ishonchim komil.
Jamiyatimizning rivojlanishi, insonlarning farovon hayot kechirishlari uchun barcha odamlar halol mehnat qilishlari va soliqlarni o’z vaqtida to’lashlari zarur. Bu har fuqaroning muqaddas burchi bo’lib qolmog’i lozim.
Yüklə 169 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin