A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y


Hujjatlardan foydalanish shakllari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə39/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

3.2. Hujjatlardan foydalanish shakllari.

Arxiv hujjatlaridan turli maqsadlarda xilma xil yo’llar bilan foydalaniladi. Masalan, oliy o’quv yurtlarida hujjatlardan o’quv maqsadlarida quyidagicha foydalanilish mumkin: arxiv hujjatlaridan nusxalar olinib ko’rgazma va muzey tashkil etilishi mumkin. O’zbekiston tarixining ayrim mavzulari bo’yicha hujjatlar to’plami tayyorlab, undan darsda, seminarda foydalanish mumkin va xokazo.


Davlat arxivlari hujjatlardan foydalanishni boshqa idoralar bilan hamkorlikda ham amalga oshiradi. Masalan, hujjatlar ko’rgazmasini muzeylar bilan birgalikda tayyorlaydi. Hujjatlarni gazeta va jurnallar orqali e’lon qilish, ular asosida radioeshittirishlar va teleko’rsatuvlar tayyorlash, gazeta va jurnallar tahririyatlari, telestudiyalar, radioqo’mitalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi
Davlat arxivlarida hujjatlardan foydalanishning quyidagi shakllari qo’llaniladi:
1. Idoralarni arxiv hujjatlarining mazmunidan xabardor qilib turish. Shu maqsadda arxiv axborot yozib yoki arxivda saqlanayotgan u yoki bu mavzuga doir hujjatlar ro’yxatini tuzib idoralarga jo’natadi.
2. Davlat arxivi hujjatlarini e’lon qilish faoliyati. Bu maqsadda arxivlarda hujjatlar to’plamlari tayyorlanib, ular nashriyotlar orqali chop etiladi va ko’pgina hujjatlar gazeta va jurnallarda bosib chiqariladi (hujjatlarni e’lon qilish usuli arxeografiya kursida yoritiladi).
3. Hujjatlardan foydalanishning asosiy shakllaridan yana biri o’quv xonalarida foydalanishdir. Har bir davlat arxivida o’quv xonasi bo’ladi. Tarixchilar va boshqa tadqiqotchilar hujjatlardan bevosita arxiv o’quv xonasida foydalanishadi.
4. Ko’rgazmalar tashkil qilish, albomlar, plakatlar chiqarish. Tarixiy yubileylarga, muhim voqealarga, mashhur kishilar yubileylariga bag’ishlangan ko’rgazmalar tashkil qilinadi, albom va plakatlar chiqariladi, ko’rgazmalarga hujjatlar, fotosuratlar, xaritalar, kitoblar, varaqalar va boshqa manbalar qo’yilishi maqsadga muvofiqdir.
5. Ilmiy-ommabop risolalar, matbuot uchun maqolalar, radioeshittirish va teleko’rsatuvlar tayyorlash. Davlat arxivlari ilmiy xodimlari arxiv hujjatlari haqida, ayrim tarixiy mavzular bo’yicha risolalar tayyorlashadi. Ularning mavzulari muhim tarixiy voqealarga bag’ishlangan bo’ladi. Bundan tashqari ular matbuotda arxiv to’g’risida, uning hujjatlari to’g’risida maqolalar yozishi, televidenie va radioda chiqishlar qilishi, muhim ahamiyatga molik hujjatlarni chop etishlari mumkin.
6. Hujjatlardan foydalanishning yana bir yo’li – bu arxivda tarix darslari o’tishni tashkil qilish va o’quv yurtlari uchun ko’rgazmali ko’llanmalar tayyorlashdir. Universitetlar, institutlar, kollej, litseylar va maktablar o’qituvchilari ayrim tarix darslarini arxivda uning hujjatlaridan foydalanib o’tishlari mumkin. Tarix kursining ayrim davrlari, mavzulari bo’yicha diafilmlar, kinofilmlar, hujjatlarning foto-ksero-nusxa to’plamlarini tayyorlash mumkin.
7. Arxiv hujjatlaridan foydalanishning muhim shakli – bu arxiv ma’lumotnoma (spravka) lari, hujjatlardan nusxalar, ko’chirmalar berishdir. Tashkilotlar, fuqarolar arxivlarga har xil ma’lumotlar so’rab, xat yozadilar. Fuqarolar ko’pincha u yoki bu idora, o’quv yurti, korxona yoki xo’jaliklarda ishlaganligi yoki o’qiganligini tasdiqlovchi hujjatlar, ma’lumotlar so’rab murojaat qiladilar. Davlat arxivlari fuqarolarning bunday so’rovlariga arxiv ma’lumotnoma (spravka)lari tayyorlab beradilar. Arxivning bu ma’lumotnomasi asosida fuqarolar keksalik nafaqasi olishadi. Ayrim hollarda fuqarolar o’quv yurtini tugatganligini tasdiqlovchi diplomlarini yo’qotib, o’z mutaxassisligini, ma’lumotini tasdiqlovchi hujjat so’rab arxivga murojaat qilishadi. Arxiv bu haqda asosli ma’lumotnoma bera oladi. Xuddi shunday arxiv tashkilotlaridan ayrim hujjatlarini so’rab yozgan xatlari bo’yicha ham so’ralgan hujjatlarning nusxasini tayyorlab, tasdiqlab jo’natishi mumkin.
8. Davlat arxivi yig’majildlarni tashkilotlarga ulardan vaqtinchalik foydalanish uchun ham berishi mumkin. Hujjatlardan foydalanishning bunday shakli ayrim hollarda oliy davlat organlari, sud, prokuratura, davlat xavfsizligi organlarning talablari bo’yicha amalga oshiriladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin