A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə36/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Kataloglarning turlari. Arxiv kataloglari tuzilish qoidalariga ko’ra ikkiga bo’linadi: mantiqiy va alfavit kataloglari. Birinchi tur kataloglarda arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlar mantiqiy, o’zaro bog’liq holda bo’ladi. Ikkinchi turida esa, hujjatlar haqidagi ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan holda, ya’ni alifbo bo’yicha joylashgan bo’ladi. Mantiqiy tuzilishdagi kataloglar tarkibiga tizimli, davriy va mavzu asoslarida tuzilgan kataloglar kiradi.
Alifbo tuzilishli kataloglar tarkibiga ismlar, geografik nomlar va boshqa kataloglar kiradi.
Mantiqiy tuzilishdagi kataloglar. Tizimli (sistematik) katalog. Bunda hujjatlar haqidagi ma’lumotlar bilim sohalari yoki jamiyat amaliy faoliyati sohalari bo’yicha guruhlashtiriladi. Keyin mantiqiy bog’langan holda ketma-ket joylashtiriladi. Tizimli katalog umumiy va ayrim tugunchalarning o’zaro bog’liqligi va munosabati asosida tuziladi. Masalan, «Din» umumiy tushunchasiga quyidagi ayrim tushunchalar kiradi: «Islom», «Xristianlik», «Induizm», «Iuadizm» (yahudiylik), «Budda». O’z navbatida «Islom» ham umumiy tushuncha bo’lib, ayrim tushunchalarga bo’linadi. Bunday bo’linish «oliydan oddiyga», «umumiydan ayrimga» tamoyili bo’yicha davom etadi. Barcha turkum tarxlari ichida tizimli kataloglar tarxlari eng murakkabidir.
Davriy katalog. Bunday katalog turkumi tarxi davrlar, asrlar, yillar kabi bo’laklarga bo’linadi. Masalan, MDAda saqlanayotgan vaqfnomalar uchun davriy katalog tuzilsa, u asrlar bo’yicha bo’lishi mumkin: XIII asr, XIV asr, XV asr, XVI asr, XVII asr, XVIII asr, XIX asr. Har bir asr katalogning bo’limi hisoblanadi. Bo’limlar bo’linmalarga - ellik, qirq, o’ttiz, yigirma, o’n yilliklarga bo’linadi. Masalan, XVIII asr: 1701-1710, 1711-1720. 1721-1730, 1731-1740 va hokazo.
Alifbo bo’yicha tuziladigan kataloglar. Ismlar katalogi. Ismlar katalogida bo’limlar familiyalardan iboratdir. Bo’limlar ichida bo’linmalar u yoki bu shaxs faoliyatining u yoki bu qirralarini yoritadi. Masalan, Fayzulla Xo’jaev: davlat faoliyati; partiyaviy faoliyati; ilmiy faoliyati: kitoblar; broshyuralar; maqolalar; ma’ruzalar; xatlar; u haqidagi maqolalar.
Bo’limlarda familiyalar alifbo bo’yicha joylashtiriladi. Bo’linmalar va bo’linmaning bo’lakchalari alifbo bo’yicha emas, tizimli, mantiqiy ravishda birin-ketin joylashtiriladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin