ANTIBIOTIKLARNING OZIQ SIFATIDA QO`LLANISHI 1940 yildan boshlab antibiotiklar hayvon kasalliklarini davolash va uning oldini olishda keng turda qo`llanilmoqda; antibiotiklar kam miqdorda (davolash dozasidan 10—15 marta kam) yem-hashakka qo`shib hayvonlarga berilsa, ularning tez o`sishi aniqlandi. Keyingi yillarda SSSR da va chet mamlakatlarda antibiotiklarning bunday xususiyati keng o`rganilib, qishloq xo`jaligi mollarini, ayniqsa yosh mollarni va jo`jalarni tez ustirishda stimulyator sifatida qo`llaniladigan bo`ldi, shu sababli hozirgi vaqtda hammasi bo`lib ishlab chiqariladigan antibiotiklarning 30—50 protsenti oziq sifatida ishlatiladi, chunki ular hayvon ozig`iga qo`shib berilsa, molning o`rtacha vazni 15—20 protsent oshadi. Ko`pincha hayvon ozig`iga xlortetratsiklin, oksitetratsiklin, tetratsiklin qo`shib beriladi. Antibiotik ishlab chiqarishda hosil bo`lgan chiqindilarni yem-hashak qo`shib mollarga berish yaxshi natija beradi, chunki uning tarkibida antibiotikdan tashqari, vitamin, mineral moddalar, mikroelement va boshqalar bo`ladi. Bundan tashqari, antibiotik hosil qiluvchi mikroorganizm rivojlanayotgan oziqli muhitdagi biovit — 40, nativniy, biomitsin, vitabiomitsin, kormogrizin kabilar hayvonlarga beriladi. Antibiotiklar hayvonlarga oz miqdorda berilsa, ular organizmidagi yashirin infektsiya qo`zg`atuvchilarga halokatli ta`sir etib, organizmning o`sishi va kasallikka chidamliligini kuchaytiradi.
Adabiyotlar ro`yxati:
1. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent, «O`qituvchi», 1975. 2. Vahobov A., Inog`omova M. Mikrobiologiya. UzMU. Toshkent, 2000. 3. Bakulina N.A. i dr. Mikrobiologiya. Toshkent. Meditsina, 1979. 4. Mustakimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. «O`qituvchi». T. 1995. 5. Rabotnova I.L. Obshaya mikrobiologiya. M. Vssh. shkola, 1966. 6. Fedorov M.V. Mikrobiologiya. Toshkent. «O`qituvchi», 1966. 7. Inogomova M. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. Toshkent, 1983. 8. www.ziyonet.uz