A n t I b I o t I k L a r


ANTIBIOTIKLARNING OZIQ SIFATIDA QO`LLANISHI



Yüklə 61,44 Kb.
səhifə7/7
tarix14.12.2023
ölçüsü61,44 Kb.
#180054
1   2   3   4   5   6   7
ANTIBIOTIKLAR

ANTIBIOTIKLARNING OZIQ SIFATIDA QO`LLANISHI
1940 yildan boshlab antibiotiklar hayvon kasalliklarini davolash va uning oldini olishda keng turda qo`llanilmoqda; antibiotiklar kam miqdorda (davolash dozasidan 10—15 marta kam) yem-hashakka qo`shib hayvonlarga berilsa, ularning tez o`sishi aniqlandi. Keyingi yillarda SSSR da va chet mamlakatlarda antibiotiklarning bunday xususiyati keng o`rganilib, qishloq xo`jaligi mollarini, ayniqsa yosh mollarni va jo`jalarni tez ustirishda stimulyator sifatida qo`llaniladigan bo`ldi, shu sababli hozirgi vaqtda hammasi bo`lib ishlab chiqariladigan antibiotiklarning 30—50 protsenti oziq sifatida ishlatiladi, chunki ular hayvon ozig`iga qo`shib berilsa, molning o`rtacha vazni 15—20 protsent oshadi. Ko`pincha hayvon ozig`iga xlortetratsiklin, oksitetratsiklin, tetratsiklin qo`shib beriladi. Antibiotik ishlab chiqarishda hosil bo`lgan chiqindilarni yem-hashak qo`shib mollarga berish yaxshi natija beradi, chunki uning tarkibida antibiotikdan tashqari, vitamin, mineral moddalar, mikroelement va boshqalar bo`ladi. Bundan tashqari, antibiotik hosil qiluvchi mikroorganizm rivojlanayotgan oziqli muhitdagi biovit — 40, nativniy, biomitsin, vitabiomitsin, kormogrizin kabilar hayvonlarga beriladi. Antibiotiklar hayvonlarga oz miqdorda berilsa, ular organizmidagi yashirin infektsiya qo`zg`atuvchilarga halokatli ta`sir etib, organizmning o`sishi va kasallikka chidamliligini kuchaytiradi.

Adabiyotlar ro`yxati:


1. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent, «O`qituvchi», 1975.
2. Vahobov A., Inog`omova M. Mikrobiologiya. UzMU. Toshkent, 2000.
3. Bakulina N.A. i dr. Mikrobiologiya. Toshkent. Meditsina, 1979.
4. Mustakimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. «O`qituvchi». T. 1995.
5. Rabotnova I.L. Obshaya mikrobiologiya. M. Vssh. shkola, 1966.
6. Fedorov M.V. Mikrobiologiya. Toshkent. «O`qituvchi», 1966.
7. Inogomova M. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. Toshkent, 1983.
8. www.ziyonet.uz
Yüklə 61,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin