2.2. Ionli bog’lanish.
Qattiq jismning tashkil bo’lishida 2 va 3 xil atomlardan tuzilgan sistemalar
orasida ionli bog’lanish ko’p holda asosiy rol o’ynaydi. Bunday bog’lanish
ko’pincha valentliklari bir-biridan keskin farqqiladigan element atomlari orasida
ro’y beradi. Masalan, ishqoriy (ishqoriy er) metallar bilan galogenlar orasida ionli
bog’lanish ro’y berishi mumkin. Bunday bog’lanish orqali hosil bo’ladigan
kristallarga misol qilib NaCl, KCl, NaBr, BaF
2
, CaF
2
va boshqalarni ko’rsatish
mumkin. Bunda Na bir valentli bo’lgani uchun u o’z elektronini oson beradi. Cl
esa 7 valentli bo’lgani uchun u elektronni tezda biriktirib oladi va elektron
qavatlarni to’ldiradi. Bunday almashinish tufayli Na "+", Cl esa "–" zaryadlanib
qoladi va ular orasida Kulon kuchlari paydo bo’lib, ion bog’lanish hosil bo’ladi (1–
rasm).
Dostları ilə paylaş: