umumlashtiradilar. Natijada bu atomlar bir-biriga bog’lanib turadilar. Bunday
1–rasm. Ion bog’
lanish h
osil bo’lishining sxematik tasviri.
2–rasm. Qattiq jism atomlarining valent elektronlari umumlashib valent zonani
tashkil qilishining sxematik tasviri.
2.4. Kovalent bog’lanish.
Kovalent bog’lanishda yonma-yon turgan atomlar o’z valent elektronlarini
umumlashtiradilar. Masalan: Si va Ge (3–rasm).
3–rasm. Kovalent bog’
lanishning sxematik tasviri.
Ayrim hollarda 2 xil atomlardan tashkil topgan yarim o’tkazgichlarda ham
kovalent bog’lanish ro’y berishi mumkin. Bu holda turli xil atomlarning tashqi
elektron qavatdagi elektronlar soniga qarab, umumlashgan elektronlar qaysidir bir
tur atom tomonga siljigan bo’lishi mumkin. Masalan: A va V atomlarning
bog’lanishini ko’raylik (4–rasm). Bu erda umumlashgan elektronlar V atomga
yaqinroq joylashgan. Shuning uchun ham A atom musbat (+), V atom manfiy (–)
zaryadlangandek ko’rinadi. Bunday bog’lanishlarni qisman ion bog’lanish va
qisman kovalent bog’lanish deb qarash mumkin. Umuman u "ion-kovalent
bog’lanish" deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: